Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin – Peskov javobi

© Sputnik / Sergey GuneyevXelsinkida prezident saroyida Vladimir Putin va Donald Tramp.
Xelsinkida prezident saroyida Vladimir Putin va Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Moskva Trampning Putin bilan muloqot qilish istagini olqishlaydi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerikaning yangi prezidenti Donald Trampning muloqotiga tayyorgarlikni AQShning saylangan prezidenti lavozimini bajarishga kirishganidan keyin boshlash mumkin. Bu haqda Kreml vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

“Ikki tomonning uchrashuvga tayyorligidan kelib chiqamiz, biroq, chamasi, janob Tramp Oval kabinetga kirgandan so‘ng qandaydir harakatlar bo‘ladi”, - dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Peskov Moskva Trampning Putin bilan muloqot qilish istagini olqishlashini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh prezidentlarining muzokaralari uchun hech qanday dastlabki shartlar talab qilinmaydi, har ikki tomonning istagi va muloqot qilish uchun siyosiy iroda darkor, xolos.
Peskov Rossiya rahbari xalqaro yetakchilar, jumladan, AQSh prezidenti bilan muloqot qilishga tayyorlishini bir necha marta takrorlaganini eslatdi.
Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2025
Tramp Putin bilan uchrashishini e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0