https://oz.sputniknews.uz/20250110/tramp-putin-bilan-uchrashishini-elon-qildi-47499119.html
Tramp Putin bilan uchrashishini e’lon qildi
Tramp Putin bilan uchrashishini e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin u bilan uchrashish istagini bildirganini va tomonlar bunday uchrashuvga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.
2025-01-10T14:45+0500
2025-01-10T14:45+0500
2025-01-10T14:45+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
aqsh
donald tramp
vladimir putin
si szinpin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/07/39747085_0:175:2860:1784_1920x0_80_0_0_c29a2e8d92f8457c785076227513d55a.jpg
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin u bilan uchrashish istagini bildirganini va tomonlar bunday uchrashuvga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.Tramp Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga, bu keyinroq aniqlanishini aytdi.Dekabr oyida Rossiya prezidenti matbuot anjumani va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida Tramp bilan suhbat va uchrashuvga tayyor ekanligini aytgandi. Agar bu sodir bo‘lsa, ikki prezidentning gaplashadigan gaplari bo‘lishini ta’kidlagandi.Trampning o‘zi avvalroq Putinning muzokaralarga tayyorligidan xabardor ekanligini, biroq bunday aloqalar Oq uyga rasman qaytganidan keyingina mumkinligini aytgandi.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Tramp o‘rtasida aloqalar bo‘yicha aniq rejalar yo‘qligini va bu borada amerikalik siyosatchidan “impulslar” bo‘lmaganini aytdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250109/tramp-meksika-amerika-47491773.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/07/39747085_91:0:2822:2048_1920x0_80_0_0_56097d55eb44476fc7003ee44f82d84d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tramp putin
Tramp Putin bilan uchrashishini e’lon qildi
Tramp Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga, bu keyinroq aniqlanishini aytdi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin u bilan uchrashish istagini bildirganini va tomonlar bunday uchrashuvga hozirlik ko‘rayotganini
ma’lum qildi. “U (Putin –tahr.) uchrashmoqchi, biz esa tashkillashtirapmiz”, - dedi Tramp Floridadagi qarorgohida jurnalistlarga.
Tramp Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga, bu keyinroq aniqlanishini aytdi.
Dekabr oyida Rossiya prezidenti matbuot anjumani va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida Tramp bilan suhbat va uchrashuvga tayyor ekanligini aytgandi. Agar bu sodir bo‘lsa, ikki prezidentning gaplashadigan gaplari bo‘lishini ta’kidlagandi.
Trampning o‘zi avvalroq Putinning muzokaralarga tayyorligidan xabardor ekanligini, biroq bunday aloqalar Oq uyga rasman qaytganidan keyingina mumkinligini aytgandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Tramp o‘rtasida aloqalar bo‘yicha aniq rejalar yo‘qligini va bu borada amerikalik siyosatchidan “impulslar” bo‘lmaganini aytdi.