https://oz.sputniknews.uz/20211114/ozbekistonda-elektron-sigaretani-taqiqlash-taklif-qilinmoqda-21342931.html
O‘zbekistonda elektron sigaretani taqiqlash taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda elektron sigaretani taqiqlash taklif qilinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“Milliy tiklanish” partiyasi mamlakatda elektron sigaretani taqiqlash taklifini bildirdi.
2021-11-14T10:17+0500
2021-11-14T10:17+0500
2021-11-14T10:17+0500
jamiyat
o‘zbekiston
deputatlar
oliy majlis qonunchilik palatasi
elektron sigareta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/768/65/7686593_0:174:3023:1874_1920x0_80_0_0_141f20fe0388730fda2bcbd8a7835b63.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” partiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.Deputatlarning barchasi qonun loyihasida elektron sigaretalarni taqiqlash bo‘yicha qat’iy cheklov kiritishni taklif qilgan.“Dunyoning 32 mamlakatida elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak. Mutaxassislar uning genofondga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini aytmoqda. Partiyamiz ham ushbu masalani muntazam ko‘tarib keladi. Kim nima desa desin, ushbu qonun loyihasiga elektron sigaretalarni qat’iy taqiqlash bo‘yicha cheklov kiritilmas ekan, biz ushbu qonunning qabul qilinishiga qarshi ovoz beraveramiz”, — dedi partiya rahbari Alisher Qodirov.Ushbu taklif bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanib, qonun loyihasi qo‘mitaga qaytarilgan.Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili 30 mingga yaqin kishi aynan chekish bilan bog‘liq kasalliklar tufayli olamdan o‘tadi. Yaqin yillarda bu raqam ikki baravarga ortishi mumkin. Qayd etilishicha, mamlakatdagi jami erkaklarning 23 foizi, ayollarning 1 foizi chekuvchilardir. Partiya tegishli idoralar bilan hamkorlikda 2019-yilda maktablarda o‘tkazgan reydlari davomida 110 nafar o‘quvchi yonidan nikotinli snyuslar topilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda 270 tani tashkil qildi. Ularni iste’mol qiluvchilarning eng yoshi 5-sinf o‘quvchilari ekani aniqlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210615/ozbekistonda-chekish-mumkin-bolmagan-jamoat-joylarining-aniq-royxati-tuziladi-19249397.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/768/65/7686593_146:0:2877:2048_1920x0_80_0_0_f15c41531957b4225bac575a1bf64e30.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston elektron sigareta taqiq
o‘zbekiston elektron sigareta taqiq
O‘zbekistonda elektron sigaretani taqiqlash taklif qilinmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili 30 mingga yaqin kishi aynan chekish bilan bog‘liq kasalliklar tufayli olamdan o‘tadi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” partiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Deputatlarning barchasi qonun loyihasida elektron sigaretalarni taqiqlash bo‘yicha qat’iy cheklov kiritishni taklif qilgan.
“Dunyoning 32 mamlakatida elektron sigaretalar cheklangan ekan, nima uchun biz cheklamasligimiz kerak. Mutaxassislar uning genofondga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini aytmoqda. Partiyamiz ham ushbu masalani muntazam ko‘tarib keladi. Kim nima desa desin, ushbu qonun loyihasiga elektron sigaretalarni qat’iy taqiqlash bo‘yicha cheklov kiritilmas ekan, biz ushbu qonunning qabul qilinishiga qarshi ovoz beraveramiz”, —
dedi partiya rahbari Alisher Qodirov.
Ushbu taklif bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanib, qonun loyihasi qo‘mitaga qaytarilgan.
Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili 30 mingga yaqin kishi aynan chekish bilan bog‘liq kasalliklar tufayli olamdan o‘tadi. Yaqin yillarda bu raqam ikki baravarga ortishi mumkin.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi jami erkaklarning 23 foizi, ayollarning 1 foizi chekuvchilardir.
Partiya tegishli idoralar bilan hamkorlikda 2019-yilda maktablarda o‘tkazgan reydlari davomida 110 nafar o‘quvchi yonidan nikotinli snyuslar topilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda 270 tani tashkil qildi. Ularni iste’mol qiluvchilarning eng yoshi 5-sinf o‘quvchilari ekani aniqlangan.