Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlar qanday qishlaydi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Hayvonot bog‘ida qishga tayyorgarlik yozda boshlanadi. Avvalo, isitish tizimi tekshiriladi.
“Isiqlikni yaxshi ko‘ruvchi hayvonlar uchun biz isitish tizimini ko‘rib chiqamiz va ta’mirlaymiz, zarur bo‘lsa, issiq pollar ulanadi, maxsus yoritkich o‘rnatiladi”, - deydi bosh veterinar vrach Mahmud Qo‘ziboyev.
Qishda hayvonlar ko‘proq oziqlanishadi. Ularning ratsioni vitaminlar bilan boyitilgan bo‘ladi.
Hayvonlar xuddi odamlar kabi shamollashadi. Ayniqsa, maymunlar keskin sovuqlarga sezgir bo‘ladi.
“O‘tgan yili -24 daraja sovuq bo‘lganida, havo harorati tushib ketgan edi. Shunda biz qo‘shimcha isitish qurilmalarini o‘rnatdik. Zaifroq hayvonlar shamollab qoldi va ularni davolashga to‘g‘ri keldi”, - dedi Mahmud Qo‘ziboyev.
Batafsil videoda tomosha qiling.
Ulichniy kot na odnoy iz ulis Severodoneska. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2025
Bu qiziq
Qishda ko‘cha hayvonlariga qanday yordam berish kerak: hayvon huquqlari faolining tavsiyalari
Yangiliklar lentasi
0