Qishda ko‘cha hayvonlariga qanday yordam berish kerak: hayvon huquqlari faolining tavsiyalari
16:24 03.01.2025 (yangilandi: 16:37 03.01.2025)
© Sputnik / Maksim Zaxarov
/ Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Hayvonlarga boshpana yasash uchun shisha tolali yoki penoplast qavatli yog‘och karkas kerak bo‘ladi.
Qish – ko‘cha hayvonlari uchun eng qiyin vaqt, ularni sovuq, ochlik va boshqa xavflar kutadi. Sputnik O‘zbekiston hayvonlar huquqlari faoli, volontor va "Gavcheg" boshpanasi kuratori Yana Bochkarova bilan suhbatlashib, qish faslida hayvonlarga qanday yordam berish mumkinligini bilib oldi.
© FotoZoozashitnitsa, volonter i kurator priyuta "Gavcheg " Yana Bochkareva
Zoozashitnitsa, volonter i kurator priyuta "Gavcheg " Yana Bochkareva
© Foto
Qishda ko‘cha hayvonlari uchun qanday asosiy xavflar mavjud?
"Asosiy xavf – kuchli sovqotish. Bu ayniqsa juda issiqsevar bo‘lgan mushuklarga tegishli. Yerto‘lalar yopib qo‘yilishi sababli ular isinish uchun joy topa olmaydilar. Kuchli sovqotish panjalarning sog‘lig‘iga katta ta’sir qiladi, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hayvonlar, ayniqsa mushuklar sovuqqa odamlardan ko‘ra ancha chidamsizlar".
Ko‘cha hayvonlari uchun isitish punktlarini qanday qilib to‘g‘ri tashkil qilish kerak?
"Hozir hayvonlar huquqlari faollari "Mushukkent" loyihasi bilan birgalikda mushuklar uchun maxsus uylar yaratmoqda. Bu boshpanalar Respublika Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan himoya qilingan va qo‘riqlanadi. Bunday uylar isitish punktlarini yaratish uchun ajoyib joy".
Boshpana yaratish uchun qanday materiallar va tuzilmalar mos keladi?
"Isitilgan uylar boshpana yaratish uchun to‘g‘ri keladi. Karkas odatda shisha tolali yoki penoplast qavatli yog‘ochdan yasaladi. Karton, yupqa plastmassa yoki presslangan materiallar to‘g‘ri kelmaydi – ular issiqlikni saqlamaydi. Ko‘cha hayvonlari umuman ko‘cha hayotiga moslashgan, lekin uy hayvonlari uchun bu jiddiy muammo bo‘ladi — ular bunday sharoitlarda omon qololmaydi. Agar uy hayvoni yo‘qolib qolgan bo‘lsa, uni zudlik bilan uyga qaytarish muhim".
Volontorlar va maxsus bilimga ega bo‘lmagan fuqarolar qanday yordam berishi mumkin?
"Ko‘chada hayvonni ko‘rsangiz, ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Ko‘cha mushuklari yovvoyi bo‘lishi mumkin, ammo uy mushuklari odamlarga o‘zlari yaqinlashadi. Hech bo‘lmaganda minimal yordam berish muhim – unga ozuqa berish, suratga olish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish kerak. Ehtimol, bu yo‘qolgan uy mushugi va sizning yordamingiz tufayli egalari tezda topishlari mumkin".
Agar siz muzlayotgan hayvonni ko‘rsangiz nima qilishingiz kerak?
"Hayvonni olib, veterinariya klinikasiga olib borish kerak. Hayvonni qo‘llar bilan ushlamaslik muhim — bu xavfli bo‘lishi mumkin. Hayvonni o‘rash uchun pled, kurtka yoki yupqa adoldan foydalaning. Har bir tumanda veterinariya klinikalari mavjud, ularni internet orqali topish mumkin. Hayvonga albatta zarur yordam ko‘rsatiladi".
O‘zbekistonda qishda hayvonlarga yordam beradigan qanday tashkilotlar yoki loyihalar mavjud va ularga qanday qo‘shilish mumkin?
"O‘zbekistonda hayvonlarni himoya qiluvchi deyarli barcha tashkilotlar qishda yordam beradi. Siz ularga ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shilishingiz mumkin. Eng faol loyihalardan biri — "Mushukkent" va Iroda Matkarimova rahbarligidagi "Hayot" boshpanasidir, u, shuningdek, Ekologik partiya deputati hisoblanadi. Bu tashkilotlar hayvonlarga yil davomida yordam beradi".
Sovuq havoda yoki ko‘chadan hayvonni o‘zingizga olib qolmoqchi bo‘lsangiz, nima qilishingiz kerak?
"Hayvonni uyga olib ketishdan oldin uni albatta veterinariya klinikasiga olib boring. U yerda hayvon tekshiruvdan o‘tkaziladi, virusli kasalliklar uchun analiz olinadi, qurtlarga qarshi davolash va emlash ishlari olib boriladi. Agar siz bunday qadamni tashlashga qaror qilgan bo‘lsangiz, bu ajoyib! Men har doim shu yo‘l bilan boshpanasiz hayvonlar sonini kamaytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlayman".