Qishda terini qanday parvarish qilish kerak: shifokor-kosmetolog maslahatlari
© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishUchastnitsa kluba zimnego plavaniya v Krasnoyarske, Rossiya
© Sputnik / Ilya Naymushin
/ Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Terining tashqi muhit ta’siridan jabrlanayotganini ko‘rinishidan va his qilish orqali aniqlash mumkin.
Qishda terimiz ayniqsa himoyasiz bo‘ladi — uning holati quruq havo, past harorat va ifloslanish sababli yomonlashadi. Sputnik O‘zbekiston toshkentlik shifokor-kosmetolog-onkolog Sibel Rizayevaga qish davrida terini to‘g‘ri parvarish qilish borasida savollar bilan yuzlandi.
Sovuq mavsumda va havoning ifloslanish darajasi oshishi bilan yuzaga keladigan asosiy teri muammolari qaysilar?
Birinchi narsa quruqlik. Shu sababli teri ta’sirchanligi oshishi mumkin. Bundan tashqari, havo ifloslanish darajasi ham terining moddalar almashinuvining yetishmasligiga olib kelishi mumkin: u toksinlarni to‘play boshlaydi, chunki ulardan xalos bo‘lishga ulgurmaydi. Shu sababdan, qurish, ta’sirchanlik va tez qarish kuzatiladi. Turgor (taranglik, elastiklik) va terining tonusi yomonlashadi.
Teri tashqi muhit ta’siridan jabrlanayotganini qanday aniqlash mumkin?
Buni tashqi ko‘rinishidan va his qilish orqali aniqlash mumkin. Teri nozik bo‘lib qoladi, notekis dog‘lar, qizarishlar, mahalliy yoki umumiy quruqlik, qichishish va achishish paydo bo‘ladi.
Qishda terini kundalik parvarish qilish uchun qanday asosiy tavsiyalar berasiz?
Asosiy qoida: quruq terini namlash, ta’sirchan terini tinchlantirish. Menga emolent kremlar juda yoqadi. Bu vositalar hamma uchun mos, ammo aknega moyil teri uchun parvarish shifokor tomonidan individual ravishda tanlanishi kerak.
Qishda terini himoya qilish uchun parvarish kosmetikasida qaysi ingrediyentlar eng samarali?
Yuqorida aytilganidek, bu emolentlar. Ular tarkibida terini davolaydigan, tiklaydigan va yumshatadigan, shuningdek, namlikni zarur miqdorda saqlaydigan yog‘ komponentlari mavjud.
Sovuq mavsum boshlanishi bilan odatiy kosmetik vositalarni o‘zgartirish kerakmi?
Faqat muammo yuzaga kelsa. Muammo paydo bo‘lishiga qarab yangi parvarish vositalarini tanlash kerak.
Terini himoya qilish va uning sog‘lom ko‘rinishini saqlashga nima yordam beradi?
Avvalo, sog‘lom turmush tarzi: sport, muvozanatli ovqatlanish, to‘liq uyqu va kun tartibiga rioya qilish. Ba’zida kosmetolog xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Terini ifloslanishdan tozalash uchun uyda qanday muolajalar qilish mumkin?
Bir marta kechki yuvinish yetarli. Agar teri juda iflos bo‘lsa, bu amaliyotni ikki bosqichga bo‘lish mumkin: balzam yoki gidrofil yog‘ bilan tozalash, keyin gel yoki ko‘pik bilan yuvish. Shuningdek, haftada 1-3 marta enzim pudradan foydalaning. Ertalab gel yoki ko‘pik bilan yengil tozalash yetarli. Terining himoya to‘sig‘ini buzmaslik uchun haddan tashqari oshirib yubormaslik muhim.
Havoning ifloslanishi ta’siridan keyin terini tiklashga yordam beradigan salon muolajalari bormi?
Ha, albatta. Men faoliyatimda ko‘pincha mezo-kokteyllar kabi inyeksiya amaliyotlaridan foydalanaman. Bu terining holatini yaxshilaydigan va yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni bartaraf etadigan preparatlar. Natijalar birinchi amaliyotdan seziladi.