Kamroq sarflang — ko‘proq yashang: oqilona iste’mol qilish sirlari

© Sputnik / Abdubakir YunusovProdukti pitaniya
Produkti pitaniya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yangi yil – bu hayotni yangi sahifadan boshlash, yangi bir narsalarni amalga oshirish uchun ajoyib sabab. Misol uchun, oqilona iste’molga o‘tishga harakat qilib ko‘rish.
Yangi yil – bu hayotni yangi sahifadan boshlash, yangi bir narsalarni amalga oshirish uchun ajoyib sabab. Misol uchun, oqilona iste’molga o‘tishga harakat qilib ko‘rish. Insonning o‘zi uchun foyda bo‘lishi (xarajatlarni kamaytirish) bilan bir qatorda, bu dunyoga ham foyda keltiradi, zero har bir xarid atrof-muhit va jamiyatga ta’sir qiladi.
Sxema oddiy: iste’mol kamayadi – tovarlarga bo‘lgan talab kamayadi – ishlab chiqarish kamayadi – mahsulotlardan iborat chiqindixonalar kamayadi.
Bundan tashqari, oqilona foydalanish nafaqat oziq-ovqat va buyumlarga, balki suv, gaz va elektr energiyasiga ham tegishlidir.
O‘zbekistonda bu masala hatto respublika darajasida ham dolzarb. Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev muntazam ravishda resurslardan oqilona foydalanish masalasini majlislarda ko‘tarib kelmoqda va bularning barchasi global ekologik inqiroz fonida ro‘y bermoqda. Respublikada vaziyatni yaxshilash bo‘yicha jiddiy ishlar olib borilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston oddiy odam ongli iste’molga qanday o‘tishi va bunda qanday maslahatlar yordam berishini tahlil qildi.
Nimadan boshlash kerak?
Avvalo, hayotni tubdan o‘zgartirish samarasiz ekanligini anglash muhim. Kelajakda sezilarli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kichik o‘zgarishlarni amalga oshirish yaxshiroqdir.
© unsplash/Bluewater SwedenKuxonniy kran.
Kuxonniy kran. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Kuxonniy kran.
Bir nechta maslahatlar:
suvni har safar sotib olishdan ko‘ra, qayta ishlatiladigan idishda o‘zingiz bilan olib yuring;
oziq-ovqat olish uchun plastik paketlar o‘rniga sumka yoki shopperdan foydalaning;
shisha idishlardan qayta foydalaning;
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun polietilen plonkalardan foydalanmang, qayta ishlatish mumkin bo‘lgan silikon qopqoqlarga o‘ting;
chiqindilarni qayta ishlanadigan va qayta ishlanmaydiganlarga ajrating, plastik qopqoqlar va batareykalarni alohida yig‘ing va topshiring;
elektr uskunalarini va zaradlovchi qurilmalarni rozetkalardan uzing;
bir martalik stakanlarda qahva xarid qilmang, o‘zingiz bilan termos olib yuring.
© Sputnik / Ekaterina Lyzlova / Mediabankka o‘tishProdaves peredayet paket s produktami pokupatelyu
Prodaves peredayet paket s produktami pokupatelyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Prodaves peredayet paket s produktami pokupatelyu
Shuningdek, foydalanilmayotgan buyumlarga ikkinchi hayot berish haqida o‘ylash kerak: masalan, ularni muhtojlarga tarqatish yoki xayriyaga topshirish mumkin.
Nimani sotib olish mumkin, nimani esa yo‘q
Asoslarni ko‘rib chiqdik, endi yanada murakkab o‘zgarishlarga o‘tishimiz mumkin. Masalan, xarajatlarni qanday kamaytirish, kamroq sotib olish va natijada chiqindilarni kamaytirish haqida o‘ylab ko‘rish.
Avvalo, do‘konga borganingizda, xaridlar ro‘yxatini tuzishingiz, tasodifiy xaridlar qilmasligingiz lozim. Bu sizga kerak bo‘lgan miqdorda sotib olishga va kelajakda foydalanilmagan mahsulotlarni tashlamaslikka yordam beradi.
© Depositphotos / Artur VerkhovetskiyTelejka v produktovom magazine.
Telejka v produktovom magazine.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Telejka v produktovom magazine.
Agar sizga to‘satdan biror narsa yoqib qolsa va uni sotib olmoqchi bo‘lsangiz, "keyinga qoldirish" usulidan foydalanganingiz ma’qul. Agar bu kiyim bo‘lsa, uni kiyib ko‘rish, boshqa narsalar bo‘lsa, ularni ushlab ko‘rish va keyin uyga kelib, haqiqatan ham kerakmi-yo‘qmi deb yana bir bor o‘ylab ko‘rasiz. Ongli qaror qabul qilasiz.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘konning o‘zida yordam beradigan yana bir nechta maslahatlar mavjud.
- Mahsulotlarning og‘irligi va hajmini tekshiring. Vaznli mahsulotlar ko‘pincha 1 kg o‘rniga 900 g, suyuqliklar esa 1 litr o‘rniga 900 ml qadoqlanib, sotiladi. Narxlardagi farqni baholashda buni hisobga olish kerak.
- Narx belgilarini diqqat bilan o‘qing. Qizil narxlar ko‘pincha xaridorlarga bu chegirma deb o‘ylashga majbur qiladi, ammo har doim ham bunday emas. Chegirmali mahsulot har doim ham o‘z toifasida eng arzon emas, qo‘shni javonlarda arzonroq bo‘lishi mumkin;
- Pastki va yuqori javonlarga qarang. Do‘konlarda “oltin javon” deb ataladigani bor: xaridorning birinchi bo‘lib ko‘zi tushadigan joy. Odatda, bu ko‘z darajasidan biroz pastroqda. Hatto bu holatda ham marketologlar hiyla-nayranglardan foydalanadilar: erkaklar, ayollar va bolalar bo‘yi balandligida farq qiladi, shuning uchun turli toifadagi mahsulotlar uchun bunday javon turli balandliklarda bo‘ladi. Yuqoriga va pastga qarang, bir xil sifatli mahsulotlar bo‘lishi mumkin, lekin ko‘p hollarda ko‘z darajasida bo‘lganlarga qaraganda arzonroq.
- Narxlarni solishtiring. Faqatgina bir do‘konda emas, balki boshqalarida ham, shuningdek bozorlarda ham. Narxlar sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, chegirma va jamg‘arma kartalariga tayanmaslik kerak, ko‘pincha chegirma yoki ballar narxi mahsulot narxiga kiritilgan bo‘ladi.
- Marketing aksiyalariga tanqidiy yondashing. Harid uchun beradigan bonuslar, keyin qo‘shimcha to‘lov bilan tovarga almashtiriladigan aksiyalar yoki "har o‘ninchi xarid sovg‘a" – bu sizga haqiqatdan kerak bo‘lmagan narsalarni ko‘proq xarid qilishga undaydigan usullar, xolos.
Shuni esda tutish kerakki, ko‘pincha bizga tovar yoki mahsulotdan ko‘ra xarid jarayonining o‘zi – pul sarflash orqali tezkor qoniqish yoki yangilik hissi muhim bo‘ladi.
© Sputnik / Varvara GertyePokupatelnitsa v magazine
Pokupatelnitsa v magazine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Pokupatelnitsa v magazine
Oqilona iste’mol qilish uchun uyda nima qilish mumkin
Yuqorida biz elektr uskunalari va chiqindilarni ajratish haqida so‘z yuritdik. Ammo oqilona iste’mol qilishga yordam beradigan uyda qilsa bo‘ladigan narsalar mavjud.
Misol uchun, tishlaringizni cho‘tkalash yoki dushda sovunlayotganda suvni o‘chiring. Shuningdek, meva va sabzavotlarni jo‘mrakdan bosim ostida emas, balki idishda yuving.
© © RIA Novosti Krim / Dmitriy MakeyevVoda
Voda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Voda
Kerak bo‘lmaganda xonalarda chiroqlarni o‘chirish kerak. Yozda havo sovutgichdan doimiy ravishda emas, faqat ma’lum vaqt davomida foydalaning, qishda esa xuddi shu mantiq bilan isitgichdan foydalaning.
Chiqindilarni ajratishda ham davom etishimiz mumkin: chiqindilarni plastik, qog‘oz, alyuminiy, shisha va boshqa turlarga ajrating. Ushbu ajratilgan chiqindilarni qayerga topshirish mumkinki, shunda ular bitta umumiy qutiga tushmasin. Shisha va alyuminiy qutilar, batareykalar, lampochkalar va plastik qopqoqlarni qabul qiluvchi punktlarni qidiring.
© Sputnik / Baxrom XatamovUrna dlya musora trio
Urna dlya musora trio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Urna dlya musora trio
Bundan tashqari, agar yozgi uy yoki bog‘ingiz bo‘lsa, kompost uchun oziq-ovqat chiqindilaridan foydalanish haqida o‘ylash kerak.
Shuningdek, bir necha oyda bir marta eski buyumlarni ko‘rib chiqing, garderobda hech qachon ishlatilmaydigan kiyimlarni saqlamang. Bu bolalar o‘yinchoqlariga ham tegishli.
Transport va undan qanday tejamkorlik bilan foydalanish kerak
Agar siz shaharda yashasangiz, shaxsiy avtomobilga eng maqbul alternativa jamoat transportidir. Ha, bu qulaylik darajasini pasaytiradi, lekin benzinga bo‘lgan xarajatlarni va shahardagi gaz chiqindilari miqdorini pasaytiradi.
Agar avtomobil, har kuni bo‘lmasa ham, zarur bo‘lsa, taksi xizmatlaridan foydalanishni o‘ylab ko‘rish kerak. Ayni paytda bu eng yaxshi variantga o‘xshamasligi mumkin, lekin agar bir oy yoki bir yil bo‘yicha hisoblab ko‘rsangiz, taksi sizga shaxsiy avtomobilingizga xizmat ko‘rsatishdan kamroq xarajatni talab qilishi mumkin bo‘ladi.
© iStock / CamerisAvtomobili taksi
Avtomobili taksi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Avtomobili taksi
O‘zingizning mashinangizga yana bir tejamkor alternativa – agar shahringizda karshering bo‘lsa, uning yordamida avtomobilni faqat zarur vaqtga ijaraga olishingiz mumkin.
Agar shaxsiy avtomobilsiz mutlaqo iloj bo‘lmasa, uni sotib olishda daromaddan kelib chiqqan holda qaror qabul qilish muhim. Mashinaga yillik daromadingizdan ko‘p bo‘lmagan yoki undan ham kamroq pul sarflash maqsadga muvofiqdir. Bu miqdor kredit olmaslik va budjetni tezda tiklash imkonini beradi.
Kreditlar: ijobiy va salbiy tomonlari
Ko‘pincha, kredit qulay va zarur vosita, lekin har qanday boshqa moliyaviy vosita singari, unga oqilona yondashish kerak.
Oylik daromadning 30 foizidan yuqori bo‘lgan kredit qarzi olmaslik kerak, aks holda to‘lovlarda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKalkulyator i dom
Kalkulyator i dom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2025
Kalkulyator i dom
Shuningdek, har qanday kreditni vazminlik bilan baholash kerak: agar u so‘nggi telefon modeli, yangi avtomobil (holbuki, eskisi hali yaxshi holatda) yoki muhim bo‘lmagan boshqa narsalar uchun kredit bo‘lsa, bir necha bor o‘ylab ko‘rish kerak.
Oqilona iste’mol – oson emas, ammo zarur
Oqilona iste’mol qilishni hayotingizga joriy qilish oson emas, ammo uning foydasi seziladi. Ertami-kechmi siz xarajatlar kamayganini, turmush esa darajasi oshganini sezasiz. Shu bilan birga, jamiyat va atrof-muhit uchun foyda beqiyos bo‘ladi.
Har Yangi yil – xayrli ishlar uchun ajoyib imkoniyat. Ekologiyaga yordam berish, o‘zingizga esa tejamkorlikni o‘rgatish orqali yaxshilik qilish – munosib yangi maqsad.
Ulichniy kot na odnoy iz ulis Severodoneska. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2025
Bu qiziq
Qishda ko‘cha hayvonlariga qanday yordam berish kerak: hayvon huquqlari faolining tavsiyalari
Yangiliklar lentasi
0