Olimpiadadagi rekord, jahon chempionlari: O‘zbekiston sportchilarining 2024-yildagi yutuqlari
17:44 03.01.2025 (yangilandi: 18:25 03.01.2025)
© NOKYarkaya fotogalereya s torjestvennoy seremonii zakritiya XXXIII letnix Olimpiyskix igr Parij-2024
© NOK
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Bu yil O‘zbekiston uchun sport yutuqlari va unutilmas tuyg‘ular yili bo‘ldi.
O‘zbekistonlik sportchilar Olimpiadadagi yorqin g‘alabalardan tortib xalqaro maydonlardagi tarixiy rekordlargacha butun dunyoni o‘zlariga qaratib, muxlislarga chinakam g‘alaba lahzalarini ulashishdi. Sputnik O‘zbekiston yakunlanayotgan yilning eng yorqin sport voqealarini esladi.
O‘zbekiston terma jamoasi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 25 ta medal qo‘lga kiritdi
O‘zbek og‘ir atletikachilari Toshkentda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 8 ta oltin, 12 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari, terma jamoa a’zosi Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni bo‘lib, uchta oltin medal yutib oldi. Uning natijasini hech bir raqib takrorlay olmadi. Musobaqa natijalariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi to‘plangan ochkolar bo‘yicha eng yaxshisi deb topildi.
© NOKOlimpiyskie chempioni Akbar Djurayev i Ruslan Nurudinov zavoyevali zolotie i serebranie medali chempionata mira
Olimpiyskie chempioni Akbar Djurayev i Ruslan Nurudinov zavoyevali zolotie i serebranie medali chempionata mira
© NOK
Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida to‘rtinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik shaxmatchi mart oyi oxiridagi FIDE rasmiy reytingida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari orasida 2 765 ochko bilan amaldagi jahon chempioni Din Lijenni (2 762) ortda qoldirib, 4-o‘rinni egalladi. Bu o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun rekord natija bo‘ldi. Nodirbekdan oldin FIDE reytingida 11-o‘ringacha faqat Rustam Qosimjonov (2 715 ball) ko‘tarilgan edi.
© Iz lichnogo arxiva Nodirbeka AbdusattorovaNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov
O‘zbekiston boks bo‘yicha Strandja kubogida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
28 davlat terma jamoalari ishtirok etgan turnirda O‘zbekiston bokschilari 14 ta medal: 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Qayd etish kerakki, O‘zbekiston havaskor boks bo‘yicha xalqaro turnirlarda to‘rtinchi marta g‘olib bo‘lmoqda.
O‘zbekiston futbolchilari tarixda ilk bor Olimpiadaga chiqishdi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziyani mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi. 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlangandi.
Afruza Hamdamova shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni bo‘ldi
62 ta davlatdan 520 nafar shaxmatchi ishtirok etgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 15 yoshli o‘zbekistonlik qiz 16 yoshgacha bo‘lganlar toifasida 10-marta g‘alaba va 1-marta durang qayd etib, muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu Hamdamovaning faoliyatidagi ikkinchi titulidir.
2023 yilda u Italiyadagi 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston tarixida ilk jahon chempioniga aylangan.
© Federatsiya shaxmat UzbekistanaAfruza Xamdamova — dvukratnaya chempionka mira
Afruza Xamdamova — dvukratnaya chempionka mira
© Federatsiya shaxmat Uzbekistana
Abbosbek Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi, 21 yoshli yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) versiyasi bo‘yicha ushbu unvonni qo‘lga kiritdi. OFK ta’kidlaganidek, Fayzullayev 2023/24 yilgi sermazmun mavsumda o‘zining iste’dodini namoyon qildi. U Dostonbek Hamdamovdan keyin ushbu sovrinni olgan ikkinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev 2023-yilning iyun oyida asosiy jamoadagi debutini o‘tkazgan va tezda tarkibda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. 2023-yilning avgustida yarim himoyachi Moskvaning SSKA klubi bilan shartnoma imzoladi va sentabr-oktabr oylarida Gayich va Akinfeyevni ortda qoldirib, SSKAning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
© NOK UzbekistanaAbbosbek Fayzullayev – obladatel nagradi "Luchshiy molodoy futbolist goda"
Abbosbek Fayzullayev – obladatel nagradi "Luchshiy molodoy futbolist goda"
© NOK Uzbekistana
O‘zbekiston Olimpiadada 13-o‘rinni egalladi
Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston uchun eng omadlisi bo‘ldi: sportchilar 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Respublika 206 ta davlat o‘rtasida umumiy medallar hisobida 13-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rin, MDH davlatlari orasida 1-o‘rin, Osiyoda 4-o‘rinni egalladi. Bir qancha sportchilar tarixiy yutuqlarga erishishdi.
Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida dzudo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi sportchi, shuningdek, yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi ayol bo‘ldi. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov, bokschilar Xasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s pobeditelyami i prizerami XXXIII letnix Olimpiyskix igr.
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s pobeditelyami i prizerami XXXIII letnix Olimpiyskix igr.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi 26 medal – 10 oltin, 9 kumush va 7 bronza medalni qo‘lga kiritib, 168 delegatsiya orasida 13-o‘rinni egalladi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaUzbekistanka Ziyodaxon Isakova viigrala serebro na Paralimpiade v Parije
Uzbekistanka Ziyodaxon Isakova viigrala serebro na Paralimpiade v Parije
© Press-slujba NOK Uzbekistana
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ikki karra Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘ldi
18 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar o‘rtasidagi yoshlar terma jamoasi Tailand terma jamoasini mag‘lub etdi. U-18 Osiyo-Okeaniya kubogi final uchrashuvi 2:1 hisobida yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta jamoa o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda amaldagi chempion sifatida ishtirok etdi va o‘z nomini muvaffaqiyatli himoya qildi.