Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylar mukofotlandi

© NOKDelegatsiya Uzbekistana zavershila letnie Olimpiyskie igri Parij-2024 s luchshim rezultatom v svoyey istorii!
Delegatsiya Uzbekistana zavershila letnie Olimpiyskie igri Parij-2024 s luchshim rezultatom v svoyey istorii!  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Obuna bo‘lish
Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Ulug‘bek Rashitov "El-yurt hurmati" ordeniga loyiq ko‘rildi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"El-yurt hurmati" ordeni bilan:
Do‘smatov Hasanboy Marfjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Rashitov Ulug‘bek Ismatullayevich - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
"O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan:
Jamalov Razambek Salambekovich - Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan:
Abdullayev Gulomjon Ozodovich - Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Djurayev Akbar Husnidilla o‘g‘li - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Osipova Svetlana Valeryevna - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Yusupov Alisher Halimboyevich - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni bilan:
Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
Kiyamova Nellya Esxatovna - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
To‘ychiyev Alisher Kurbanovich - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi;
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan:
Polatov Saken Djetibayevich - O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari;
Tashmatov Sherzod Rixsibayevich - O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi;
"Do‘stlik" ordeni bilan:
Qilichev To‘lkin Maxmurovich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi;
Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
Xan Pavel Afanasyevich - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan:
G‘afurov Davron Dilmuradovich - Zangiota tumani sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati;
Qilichev Farrux Komilovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati;
Mansurov Dilshod Ismatovich - Toshkent tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati;
Mirzadjanov Farhod Mirhamitovich - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati mukofotlandi.
Delegatsiya Uzbekistana zavershila letnie Olimpiyskie igri Parij-2024 s luchshim rezultatom v svoyey istorii!  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2024
Parij-2024: O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng zo‘r natija bilan tugatdi
Yangiliklar lentasi
0