https://oz.sputniknews.uz/20250101/pokistonda-ozbekiston-savdo-uyi-ochiladi-47409916.html
Pokistonda O‘zbekiston savdo uyi ochiladi
Pokistonda O‘zbekiston savdo uyi ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent, Samarqand, Karachi va Lahor shaharlarida ikki mamlakat savdo uylarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
2025-01-01T12:38+0500
2025-01-01T12:38+0500
2025-01-01T12:38+0500
o‘zbekiston
pokiston
hamkorlik
savdo
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31102602_0:124:1154:773_1920x0_80_0_0_422b8c119f03604c788dc88193d6bb4d.jpg
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Pokiston kompaniyasi bilan savdo va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida yangi loyihalarga kelishildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning to‘qimachilik sohasidagi yirik "Diners Group" kompaniyasi rahbari Suhayl Moten bilan uchrashdi.Hozirda Karachi shahridagi O‘zbekiston sanoat mahsulotlari savdo uyi binosi tayyor, 2025-yil 3-yanvar kuni ramziy ochilish marosimi o‘tkazilib, ko‘rgazma mahsulotlari yetib kelguniga qadar o‘zbek mahsulot turlari va ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi videolavhalar namoyish etiladi.Kompaniya rahbari O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi, jumladan, zamonaviy issiqxonalarni tashkil etish yo‘nalishida ham hamkorlik ustida ishlayotgani, kelasi yil fevral oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyurish rejasi bilan o‘rtoqlashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20241230/ozbekiston-pokiston-sohalar-qoshma-tadqiqot-47394910.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31102602_89:110:958:761_1920x0_80_0_0_83f7465ef5edb4f2f2fe85cdf8415d59.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pokiston o‘zbekiston savdo uyi
pokiston o‘zbekiston savdo uyi
Pokistonda O‘zbekiston savdo uyi ochiladi
Toshkent, Samarqand, Karachi va Lahor shaharlarida ikki mamlakat savdo uylarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Pokiston kompaniyasi bilan savdo va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida yangi loyihalarga kelishildi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning to‘qimachilik sohasidagi yirik "Diners Group" kompaniyasi rahbari Suhayl Moten bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va savdosini tashkil etish, mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikning yangi yo‘nalishi sifatida Toshkent, Samarqand, Karachi va Lahor shaharlarida ikki mamlakat savdo uylarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Dastlabki savdo uylarini 2025-yilning fevral oyida Karachi shahrida va mart oyida Toshkentda tashkil etishga kelishildi.
Hozirda Karachi shahridagi O‘zbekiston sanoat mahsulotlari savdo uyi binosi tayyor, 2025-yil 3-yanvar kuni ramziy ochilish marosimi o‘tkazilib, ko‘rgazma mahsulotlari yetib kelguniga qadar o‘zbek mahsulot turlari va ishlab chiqaruvchilar to‘g‘risidagi videolavhalar namoyish etiladi.
Kompaniya rahbari O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi, jumladan, zamonaviy issiqxonalarni tashkil etish yo‘nalishida ham hamkorlik ustida ishlayotgani, kelasi yil fevral oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyurish rejasi bilan o‘rtoqlashdi.