O‘zbekiston va Pokiston ayrim sohalarda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazmoqchi

© Depositphotos / Pavel DanilyukRukopojatie. Arxivnoe foto
Rukopojatie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Ilm-fan jamg‘armasi (ECO Science Foundation, ECOSF) prezidenti Seyed Komail Tayebi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Islomobod shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Ilm-fan jamg‘armasi bilan istiqbolliloyihalarda hamkorlik qilishga kelishib oldi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Ilm-fan jamg‘armasi (ECO Science Foundation, ECOSF) prezidenti Seyed Komail Tayebi bilan uchrashdi.
“Inson kapitalini rivojlantirish, ilmiy-madaniy merosni o‘rganish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, transport va logistika sohalarida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish masalalari kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
ECOSF rahbari Yangi O‘zbekistonda ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishida noyob tajriba yaratilganini, istiqbolli "Bir million dasturchi" loyihasi, Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani yaqin kelajakda ijobiy natijalar berishiga ishonch bildirdi.
Jamg‘arma bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tadqiqot dasturlari, qo‘shma loyihalarda mamlakatimiz vakillari ishtirokini yanada chuqurlashtirish, ilmiy-akademik doiralar o‘rtasida muloqotni tizimlashtirish borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0