O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida nechta chaqaloq dunyoga keldi?
Obuna bo‘lish
1 yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il bola.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yangi – 2024-yilning birinchi sutkasida 1859 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
2024 yil 1-yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il bola.
Eng ko‘p chaqaloq Qashqadaryo viloyati (207 nafar) tug‘ildi.
Keyingi o‘rinlarda:
Andijon viloyati — 201 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar);
Samarqand viloyati — 196 (shu jumladan, yetti holatda ikki homilali egizaklar);
Farg‘ona viloyati — 195 (shu jumladan, to‘rt holatda ikki homilali egizaklar);
Surxondaryo viloyati — 185 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar hamda bir holatda uch homilali egizaklar);
Namangan viloyati – 178;
Toshkent viloyati — 172;
Toshkent shahri — 144 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar);
Buxoro viloyati — 86 (shu jumladan, to‘rt holatda ikki homilali egizaklar);
Jizzax viloyati — 78;
Xorazm viloyati — 72;
Qoraqalpog‘iston — 67 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar);
Sirdaryo viloyati — 42 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar);
Navoiy viloyati — 36 nafar (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar).
Jami 22 ta egizakli tug‘ruqlardan 21 holatda ikki homilali egizaklar hamda Surxondaryo viloyatida bir holatda uch homilali egizaklar – (jami 45 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda 2018-yil xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar, 2021-yilda 1644 nafar, 2022-yilda 2316 nafar, 2023-yilda esa 2155 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.