O‘zbekiston neft va gaz sanoatini qanday rivojlanirmoqda?
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPredpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
/ Obuna bo‘lish
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari 2017-2023 yillarda O‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanish dinamikasini taqdim etdi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekiston 2026-yilgacha tabiiy gazni qayta ishlash va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshiradi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda neft va gaz sanoatining 7-yil davomida rivojlanish dinamikasini e’lon qildi.
“2022-2026 yillarda tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga ko‘paytirish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini $2 mlrd gacha oshirish rejalashtirilgan”, — deya qayd etilgan xabarda.
Neft va gaz sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga ega. So‘nggi 7-yilda iqtisodiyotning jadal o‘sishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi va mavjudlarining kengayishi energiyaga bo‘lgan talabni keskin oshirdi.
Shu sababli, 2017-2023 yillarda mazkur yo‘nalishdagi asosiy faoliyat ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, mamlakat energetika balansida muqobil energiya manbalarining ulushini oshirishga qaratildi.
“Shu davr mobaynida, aholiga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi 1,2 mlrd m3 ga (2017 yildagi 9,4 mlrd. m3 dan 2023-yilda 10,6 mlrd m3 ga) oshdi, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida tabiiy gaz yetkazib berish hajmi sezilarli darajada o‘sdi (26,1 mlrd m3 dan 30,8 mlrd m3 gacha)”, — deyiladi xabarda.
Yangi magistral gaz quvurlari (so‘nggi olti yilda 774,7 km) qurilishi hisobiga gaz uzatish tizimining o‘tkazish quvvati sezilarli darajada kengaytirildi.
“Biroq, resurslar ortib borayotgan ichki talabni qondirishga yo‘naltirilgani sababli tabiiy gaz eksporti 62 foizdan ko‘proqqa kamaydi. Shuningdek, neft (2023 yilda $95 mln.) importining kamayishi, gaz ($695 mln) importining esa o‘sishi kuzatildi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda tarmoqqa yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar $1,2 mlrd tashkil etgan bo‘lsa, shundan $918 mln xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Tahlil etilayotgan davrda sohaning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,5 foiz bo‘lib, o‘zgarishsiz qolgan.