https://oz.sputniknews.uz/20241114/russia-uzbekistan-neft-suniy-intellekt-46616353.html
Rossiya O‘zbekistonga neftni qazib olishda sun’iy intellektdan foydalanishni taklif qildi
Rossiya O‘zbekistonga neftni qazib olishda sun’iy intellektdan foydalanishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekneftgaz”da Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 14.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-14T14:05+0500
2024-11-14T14:05+0500
2024-11-14T14:05+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
neft
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0b/21310820_188:246:3075:1870_1920x0_80_0_0_83cead0a049dfa78baf144d24fd1c1b6.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga neftni qazib chiqarish va qayta ishlash majmualarida sun’iy intellektdan foydalanish taklifini bildirdi, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati. “O‘zbekneftgaz” AJda Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, hamkorlik doirasida o‘zaro tajriba almashish, maxsus kurs va seminarlar tashkil etish orqali mutaxassislar malakasini oshirish ham muhokama etildi. Tomonlar hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olishdi. Unda ikki tomonlama loyihalar, ta’lim va tadqiqot sohasidagi hamkorlik, innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun aniq qadamlar belgilab olinadi. Tomsk universitetlari kompaniya uchun geologiya, neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish, xomashoni tashish, saqlash va qayta ishlash sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga tayyor.
https://oz.sputniknews.uz/20241113/toshkent-tomsk-viloyatlar-hamkorlik-46606128.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0b/21310820_276:0:3007:2048_1920x0_80_0_0_ce7bc39636b686303394ba68e5b0f45a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya, neft, sun’iy intellekt
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya, neft, sun’iy intellekt
Rossiya O‘zbekistonga neftni qazib olishda sun’iy intellektdan foydalanishni taklif qildi
“O‘zbekneftgaz”da Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga neftni qazib chiqarish va qayta ishlash majmualarida sun’iy intellektdan foydalanish taklifini bildirdi, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz”
matbuot xizmati. “O‘zbekneftgaz” AJda Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Tomsk viloyati delegatsiyasi a’zolari murakkab qazib olinadigan neftni qazib chiqarish va qayta ishlash majmualarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, hamkorlik doirasida o‘zaro tajriba almashish, maxsus kurs va seminarlar tashkil etish orqali mutaxassislar malakasini oshirish ham muhokama etildi.
Tomonlar hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olishdi. Unda ikki tomonlama loyihalar, ta’lim va tadqiqot sohasidagi hamkorlik, innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun aniq qadamlar belgilab olinadi.
Tomsk universitetlari kompaniya uchun geologiya, neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish, xomashoni tashish, saqlash va qayta ishlash sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga tayyor.
“Ular qayta tiklanishi qiyin bo‘lgan neftni o‘rganish va ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni taklif qilishdi. Bizda “Paleozoy” loyihasi doirasida ishlanmalar mavjud. Biz Tomsk politexnika universitetining "Ilg‘or muhandislik maktabi" formatida ishlashga tayyormiz, u yerda sanoat ishlab chiqarishida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha mamlakatning birinchi laboratoriyasi yaratilgan”, — deb yozadi Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur o‘zining Telegram-kanalida.