O‘tmishga qaytib: SSSRda Yangi yil qanday nishonlangan
© Sputnik / Vladimir VatkinNovogodnyaya yelka v Kremlevskom dvorse syezdov
© Sputnik / Vladimir Vatkin
Obuna bo‘lish
Shisha o‘yinchoqlar bilan bezatilgan archa, mandarinlar hidi, bokallarda pufaklari chiqib turgan turgan shampan vinosi, shokolad konfetlar va olivye salatasi – bularning barchasi Sovet davri Yangi yilining timsollari bo‘lib, ularning aksariyati bugungi kungacha biz bilan.
Ammo biz uchun odatiy bo‘lib qolgan bayram qiyofasi SSSRda faqat 1935-yilda shakllana boshlagan va shundan beri, hatto Ulug‘ Vatan urushi davrida ham Ittifoqning butun hududida nishonlangan.
© Sputnik / Boris KavashkinDeti u vitrini magazina v kanun Novogo goda
Deti u vitrini magazina v kanun Novogo goda
© Sputnik / Boris Kavashkin
1941 yilda radioda xalqqa ilk Yangi yil tabrigi yangradi, uni SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi Mixail Kalinin o‘qib eshittirgan edi. Keyinchalik, davlat rahbari tomonidan har yillik tabrik an’anasini KPSS Bosh kotibi Leonid Brejnev joriy qilgan bo‘lib, u 1970-yil 31-dekabrda ilk bor fuqarolarga televidenie orqali murojaat qilgan.
Sovet kvartiralarida bayram shukuhi
© Sputnik / Boris KavashkinNoviy god v semye injenera
Noviy god v semye injenera
© Sputnik / Boris Kavashkin
Har bir oila o‘z uyida umumiy tozalash ishlarini o‘tkazardi. Shundan so‘ng, oynalarga qog‘ozdan yasalgan qor parchalari ilingan, devorlarga turli rangli qog‘oz girlyandalar osilgan, paxta esa qor vazifasini bajarardi.
© Sputnik / Dmitriy KorobeynikovSemya vo vremya vstrechi Novogo goda.
Semya vo vremya vstrechi Novogo goda.
© Sputnik / Dmitriy Korobeynikov
Alohida e’tibor archaga berilgan. U turli o‘yinchoqlar bilan bezatilgan, va o‘yinchoqlar yillar davomida o‘zgarib borgan. Masalan, urush davrida bayram archasi Qizil Armiya jangchilari, tanklar va samolyotlar shaklidagi figuralar bilan bezatilgan. "Vostok-1" muvaffaqiyatli uchirilgandan so‘ng, kosmonavtlar va raketa shaklidagi o‘yinchoqlar paydo bo‘lgan. Keyinchalik shoxlarni shishadan yasalgan uylar va archa shishkalari bilan bezashgan. Archa ostida sovg‘a qutilari va Qorbobo hamda Qorqiz figuralari bo‘lishi shart edi, archaning yuqori qismida esa porlab turgan yulduz o‘rnatilardi.
Bayram stolida nimalar bor edi
© RIA Novosti / Boris Kavashkin Moskva, 1971 god
Moskva, 1971 god
© RIA Novosti / Boris Kavashkin
Xuddi hozirgidek, Ittifoq aholisi dasturxonni turli xil taomlar bilan to‘ldirishga harakat qilishgan. Ular bayramga oldindan va puxta tayyorgarlik ko‘rishgan. Bayram uchun asosiy taom-mahsulotlar yangi uzilgan mandarinlar, olivye salati, selodka "pod shuboy", quyma baliq, pishloq va kolbasa, qishga mo‘ljallab tayyorlangan tuzlamalar edi.
© Sputnik / Vladimir PervensevPrazdnichniy stol v SSSR
Prazdnichniy stol v SSSR
© Sputnik / Vladimir Pervensev
Stolda asosiy taom pishirilgan tovuq yoki bujenina edi, desert sifatida esa uyda tayyorlangan tort taklif etilardi. Albatta, bayram sovet shampanisiz o‘tmas edi, uni uzun shishali bokallarga quyishardi.
Uydan tashqaridagi bayram
© Sputnik / Aleksandr PolyakovNovogodnyaya yelka v Gosudarstvennom Kremlevskom dvorse
Novogodnyaya yelka v Gosudarstvennom Kremlevskom dvorse
© Sputnik / Aleksandr Polyakov
Ko‘chalar yorug‘ girlyandalar va plakatlar bilan bezatilgan, archa bozorlari, bayram yarmarkalari va bepul muz maydonlari ochilgan. Shaharlarning markaziy maydonlarida katta archalar o‘rnatilib, ular xalq uchun tomosha va uchrashuv joyiga aylangan. Radioda maxsus tabrik soatlari tashkil qilinar, istagan odam o‘z yaqinlariga qutlov yo‘llash imkoniga ega bo‘lardi.
© Sputnik / Vladimir VatkinNovogodnyaya yelka v Kremlevskom dvorse syezdov
Novogodnyaya yelka v Kremlevskom dvorse syezdov
© Sputnik / Vladimir Vatkin
Bog‘cha va maktablarda bayramona ertaklar tashkil etildi. Quyoncha-bolachalar va qor qizchalar archani yoqqan, atrofida aylanishgan, so‘ngra birgalikda xor bo‘lib Qorbobo va Qorqizni chaqirishgan. Bolalar qish mehmoniga she’rlar o‘qib bergan, qo‘shiqlar aytishgan yoki raqs tushgan. Samimiy chiqishlari uchun sovg‘alar olishgan.
© Foto : Museum of USSR Novogodnyaya otkritka "Moskva"
Novogodnyaya otkritka "Moskva"
© Foto : Museum of USSR
Sovet davridagi Yangi yil tabriklarining muhim qismi bayramga mos suratlar tasvirlangan otkritkalar edi. Ularda tilaklar yozilib, markalar yopishtirilar va pochta orqali do‘stlarga yuborilardi. Hatto, bugungi kunga qadar shunday otkritkalar kolleksiyasi saqlanib qolgan albomlarga ega odamlar bor.
Eski yilning so‘nggi daqiqalari
© Sputnik / Boris KavashkinZa prazdnichnim novogodnim stolom, 1971 god
Za prazdnichnim novogodnim stolom, 1971 god
© Sputnik / Boris Kavashkin
Har bir oila bayram dasturxoni atrofiga yig‘ilar, o‘tgan yil bilan xayrlashib, yangi yilga bo‘lgan umidlarini bo‘lishardi. Yaxshi va yomon xotiralar eslab o‘tilar, birinchi tostlar ko‘tarilar va davlat rahbarining chiqishini kutishardi. Mana, qo‘ng‘iroqlar jaranglamoqda, barcha o‘rnidan turib, kutilgan onni shampan shishasi qopqog‘i uchishi bo‘ladi. Bokallar urishtirilishi, va "Yangi yil bilan!" degan tabriklar uy bo‘ylab yangraydi. Deraza oldiga yugurib, osmonni yoritayotgan mushakbozliklarga qarash vaqti keldi. Eng mas’uliyatli daqiqa ortda qoldi.
Yarim tundan so‘ng o‘yin-kulgi vaqti keldi: odamlar o‘sha mashhur "Goluboy ogonyok" da artistlar chiqishlarini tomosha qilishadi, bir-birlarinikiga mehmonga borishadi. SSSRda Yangi yil shu – iliq, oilaviy bayram, umid va quvonchga to‘la tarzda kutib olingan