Rossiya TRX: AQSh va Britaniya Suriyadagi Rossiya bazalariga terrorchilik hujumini uyushtirmoqchi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishAviabaza "Xmeymim" v Sirii
Aviabaza Xmeymim v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2024
Obuna bo‘lish
AQSh va Britaniya o‘zining bu maqsadlarini amalga oshirish uchun jangari va terrorchilardan foydalanmoqchi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Vashington va London Rossiyaning Suriyadagi bazalariga qarshi terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“AQSh va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari Rossiyaning Suriyadagi bazalariga terrorchilik hujumlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, buning uchun IShID* dala qo‘mondonlari zarba beruvchi uchuvchisiz uchar qurilmalarni olgan.
Suriyada Rossiyaga tegishli ikkita harbiy obyekt bor – Tartus shahridagi Rossiya Harbiy-dengiz flotini material-texnik ta’minlash punkti va Latakiyadagi Xmeymim aviabazasi.
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2024
Asad muzokaralar natijasida prezidentlik lavozimini tark etishga qaror qildi — Rossiya TIV
Yangiliklar lentasi
0