Prezident Yangi Toshkentda kutubxona va 2 ta oliygoh majmualari qurilishi bilan tanishdi
17:57 28.12.2024 (yangilandi: 18:16 28.12.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom nauchno-obrazovatelnix uchrejdeniy v Novom Tashkente
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Bu yerda kutubxona fondidagi adabiyotlarni munosib saqlash, sanoqdan o‘tkazish, xavfsizligini ta’minlash va sterilizatsiya qilishga mo‘ljallangan maxsus asbob-uskunalar o‘rnatiladi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida ilm va ta’lim maskanlari qurilishi bilan tanishdi. Ular qurilishi 3-aprel kuni boshlangandi.
Shulardan biri – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 4 qavatli majmua o‘z nomiga mos milliy dizaynda bo‘ladi. Jami 30 ming kvadrat metr maydonda bir paytning o‘zida 1 ming 420 nafar kitobxonga sifatli xizmat ko‘rsatiladi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bu yerda kutubxona fondidagi adabiyotlarni munosib saqlash, sanoqdan o‘tkazish, xavfsizligini ta’minlash va sterilizatsiya qilishga mo‘ljallangan maxsus asbob-uskunalar o‘rnatiladi. Shuningdek, majmua ko‘p funksional bo‘ladi. Tashrif buyuruvchilar uchun 300 o‘rinli kafe, galereya, yengil sport o‘yinlari va boshqa qulayliklar tashkil etiladi.
“Men avval aytganimdek, bizning ikkita o‘q tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot bo‘lsa, biri – ma’naviyatdir. Ma’naviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi. Bilimli yoshlar bobolarimizga munosib keng fikrli, milliy g‘ururli, yetuk insonlar bo‘ladi. Shuning uchun yangi shahrimiz qurilishini ma’rifat maskanlaridan boshlayapmiz. Bular yuz yilga tatigulik ma’naviyat, ma’rifat, ilm o‘chog‘i bo‘lishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident zamonaviy kutubxonada xodimlar ham shunga munosib bo‘lishi, ilg‘or axborot texnologiyalari va xizmatlarni yaxshi bilishi kerakligini ta’kidlandi. Shu bois O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqa o‘quv yurtlarida kutubxonachilar tayyorlash sifatini oshirish vazifasi qo‘yildi. Mamlakatning 14 ta shahrida kutubxona filiallarini tashkil etib, hududlardagi aholining ham kitob o‘qishiga qulaylik yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shaharda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti uchun zamonaviy majmualar ham bunyod etilmoqda. Prezident ularning qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/4
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Hozirgi kunda Toshkent davlat pedagogika universitetining yettita fakulteti tarqoq joylashgan. Binolarning aksariyati eskirgan.
Shu bois universitet uchun qirq gektarlik maydonda 20 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari quriladi. Shuningdek, 5 ming o‘rinli yotoqxona, 300 o‘rinli bog‘cha, 616 o‘rinli maktab, 588 o‘rinli akademik litsey, sport va madaniyat saroylari, amfiteatr va boshqa inshootlarni o‘z ichiga oladi. Bir so‘z bilan aytganda, yuqori reytingli xorijiy oliygohlar tajribasi asosida “bog‘cha – maktab – universitet” yaxlitligidagi innovatsion pedagogik klaster tashkil etiladi.
Majmuada pedagog va talabalar uchun eng zamonaviy qulayliklar hozirlanadi. Darslar bir smenaga o‘tkazilishi, dual ta’lim yo‘lga qo‘yilishi evaziga o‘qish va amaliyot sifatida o‘sish bo‘ladi.
Universitet uchun yangi majmua qurilishi uch bosqichda olib boriladi. Dastlab o‘quv binolari va rektorat bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.
Yakunda o‘n ming nafar talabani qamrab oladigan beshta fakultet, bir vaqtning o‘zida sakkiz ming nafar talabaga xizmat ko‘rsatadigan rektorat binosi qad ko‘taradi. Kutubxona, muzey, ko‘rgazma zali, multimedia xonasi, sport majmuasi, suzish havzasi tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘qituvchilar uchun 286 o‘rinli turar joy, talabalar uchun 2 ming o‘rinli yotoqxona qurilishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbari bu majmualarning kelgusidagi ahamiyatiga to‘xtalib, o‘quv jarayonini oqilona tashkil etish muhimligini ta’kidladi.