https://oz.sputniknews.uz/20241228/mirziyoev-yangi-toshkent-47370690.html
Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishi bilan tanishdi
Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishi bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Bu yangi shaharga 2023-yil 18-mart kuni tamal toshi qo‘yilgan edi. Shu munosabat bilan o‘tgan marosimda davlat rahbari u “yashil shahar” bo‘lishini aytgan edi. Bu havo va suv tozaligi, muqobil energiya manbalari, daraxtzorlar ko‘pligi kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.
2024-12-28T14:44+0500
2024-12-28T14:44+0500
2024-12-28T14:44+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
yangi toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1c/47369530_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5fd8892cb32a886e06b4b689d6d849d7.jpg
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri hududidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishmoqda, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Bu yangi shaharga 2023-yil 18-mart kuni tamal toshi qo‘yilgan edi. Shu munosabat bilan o‘tgan marosimda davlat rahbari u “yashil shahar” bo‘lishini aytgan edi. Bu havo va suv tozaligi, muqobil energiya manbalari, daraxtzorlar ko‘pligi kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.Buning uchun ish hozirdan boshlanib, 50 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil etilgan. Mirziyoyev shu yerda bo‘lib, navnihollarni ko‘zdan kechirdi. Bo‘lajak daraxtzorlarning landshaft dizayni, sug‘orish va parvarishlash tizimi haqida ma’lumot berildi.Hozirda keyinchalik ko‘chirib o‘tkazish uchun 27 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Shuningdek, issiqxona, qozonxona, ko‘chatlarni saqlash va sug‘orish tizimlari barpo etilgan.Yangi shaharda tegishli vazirlik va idoralar ishini tashkil etish uchun vaqtinchalik ma’muriy binolar qurilmoqda. Prezident ulardagi sharoitlar bilan ham tanishdi.Hozirda yengil konstruksiyalardan 4 ta bino va yordamchi inshootlar barpo etilgan. Bunda to‘liq mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan. Ofislar “open space” uslubida bo‘lib, har birida 250 nafargacha xodim faoliyat yuritishi mumkin.Ta’kidlanishicha, bu vazirlik va idoralar ishini bosqichma-bosqich shu yerda tashkillashtirish imkonini berib, Toshkentdagi tirbandlikni kamaytirishga ham xizmat qiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/1c/47369530_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ab86e72ea9eda8c97b4bfe47459891ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi toshkent shahar ma’lumot
yangi toshkent shahar ma’lumot
Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishi bilan tanishdi
Yangi shaharda tegishli vazirlik va idoralar ishini tashkil etish uchun vaqtinchalik ma’muriy binolar qurilmoqda.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri hududidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishmoqda, deb
xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Bu yangi shaharga 2023-yil 18-mart kuni tamal toshi qo‘yilgan edi. Shu munosabat bilan o‘tgan marosimda davlat rahbari u “yashil shahar” bo‘lishini aytgan edi. Bu havo va suv tozaligi, muqobil energiya manbalari, daraxtzorlar ko‘pligi kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.
Buning uchun ish hozirdan boshlanib, 50 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil etilgan. Mirziyoyev shu yerda bo‘lib, navnihollarni ko‘zdan kechirdi. Bo‘lajak daraxtzorlarning landshaft dizayni, sug‘orish va parvarishlash tizimi haqida ma’lumot berildi.
Hozirda keyinchalik ko‘chirib o‘tkazish uchun 27 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Shuningdek, issiqxona, qozonxona, ko‘chatlarni saqlash va sug‘orish tizimlari barpo etilgan.
Yangi shaharda tegishli vazirlik va idoralar ishini tashkil etish uchun vaqtinchalik ma’muriy binolar qurilmoqda. Prezident ulardagi sharoitlar bilan ham tanishdi.
Hozirda yengil konstruksiyalardan 4 ta bino va yordamchi inshootlar barpo etilgan. Bunda to‘liq mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan. Ofislar “open space” uslubida bo‘lib, har birida 250 nafargacha xodim faoliyat yuritishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, bu vazirlik va idoralar ishini bosqichma-bosqich shu yerda tashkillashtirish imkonini berib, Toshkentdagi tirbandlikni kamaytirishga ham xizmat qiladi.