Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Putin: YeOII o‘zini o‘zi ta’minlaydigan markazlardan biri sifatida namoyon qildi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovodstvom MID RF
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s rukovodstvom MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2024
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin: Rossiya YeOIIdagi sheriklar bilan hamkorlikni qadrlaydi va ishni faollashtirishdan manfaatdor.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘zini rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoning mustaqil va o‘zini o‘zi ta’minlovchi markazlaridan biri sifatida tasdiqladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining (OYeIK) tor doiradagi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Birlashmamiz rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoning mustaqil va o‘zini o‘zi ta’minlovchi markazlaridan biri sifatida o‘zini namoyon qildi va jadal rivojlanishda davom etmoqda. Yevroosiyo ittifoqi faoliyati savdo va sarmoyaviy ayirboshlashni kengaytirish, ishbilarmonlik aloqalarini oshirish, hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda. Asosiysi, integratsion o‘zaro hamkorlik bizning birlashmamiz ishtirokchilarining har biriga real foyda keltiradi”, — dedi Rossiya rahbari.

Rossiya YeOIIdagi sheriklar bilan hamkorlikni qadrlaydi va ishni faollashtirishdan manfaatdor, dedi Vladimir Putin.
Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtiroq etmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2024
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etmoqda — jonli efir
Yangiliklar lentasi
0