TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining (OYeIK) navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.Uchrashuv Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida (onlayn formatda) o‘tkazildi. Unda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, YeOII huzuridagi kuzatuvchi mamlakat – Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Said Muhammad Otabak ham qatnashdi. Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ishtirokchilarga videomurojaat yo‘lladi.Yetakchilar yig‘ilishda YeOIIga integratsiyani yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilishmoqda. Shu jumladan, ichki bozordagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, moliya sohasidagi qonunchilikni uyg‘unlashtirish, xizmatlarning yagona bozorini liberallashtirish haqida so‘z yuritilmoqda. Yana bir mavzu – gaz, neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorini shakllantirish.
Yetakchilar yig‘ilishda YeOIIga integratsiyani yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilishmoqda.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining (OYeIK) navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.
Uchrashuv Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida (onlayn formatda) o‘tkazildi. Unda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, YeOII huzuridagi kuzatuvchi mamlakat – Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Said Muhammad Otabak ham qatnashdi. Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ishtirokchilarga videomurojaat yo‘lladi.
Yetakchilar yig‘ilishda YeOIIga integratsiyani yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilishmoqda. Shu jumladan, ichki bozordagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, moliya sohasidagi qonunchilikni uyg‘unlashtirish, xizmatlarning yagona bozorini liberallashtirish haqida so‘z yuritilmoqda. Yana bir mavzu – gaz, neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorini shakllantirish.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan. Moldova va Kuba ham kuzatuvchi maqomiga ega.