O‘zbekistonda "Dolzarb 10 kunlik" tozalik tadbirlari boshlandi

© Sputnik/Zafar XalilovSammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente
Sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2024
Obuna bo‘lish
Tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad: Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, atrof-muhitni ozoda saqlash va bu orqali ekologik vaziyatning yana-da yaxshilanish.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekistonda "Dolzarb 10 kunlik" tozalik tadbirlari boshlandi, deya xabar berdi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
“25 dekabrdan 2025-yil 5-yanvarga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan butun respublika bo‘ylab "Dolzarb 10 kunlik" tozalik tadbirlari bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Tadbir davomida vazirlik huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda sanitar tozalash korxonalari tomonidan barcha hududlar qattiq maishiy chiqindilardan tozalanadi.
Shuningdek, mahalla hududlarini ozoda saqlash, bayram tadbirlarida chiqindi to‘planib qolishining oldini olish, chiqindilarni grafik asosida o‘z vaqtida olib ketishga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘riladi.
“Tozalik tadbirlaridan maqsad Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, atrof-muhitni ozoda saqlash va bu orqali ekologik vaziyatning yana-da yaxshilanishiga hissa qo‘shishdir”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Xabarda jismoniy va yuridik shaxslardan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni, jumladan, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik so‘ralgan.
Press-konferensiya v Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
Yashil makon, atmosfera havosi va chiqindi: Ekologiya vazirligining rejalari ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0