Yashil makon, atmosfera havosi va chiqindi: Ekologiya vazirligining rejalari ma’lum qilindi

© SputnikPress-konferensiya v Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki Uzbekistan
Press-konferensiya v Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
Obuna bo‘lish
Ekologiya vazirligi: kuzgi ko‘chat ekish mavsumida respublika bo‘yicha 134 ta “Yashil bog‘”lar barpo etiladi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Ekologiya vazirligi Zomin tog‘lari ekotizimini YuNESKO Umumjahon tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun nomzodnoma taqdim etmoqchi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Anjumanda vazirlik tomonidan shu yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi

Qayd etilishicha, kuzgi ko‘chat ekish mavsumida respublika bo‘yicha 134 ta “Yashil bog‘”lar barpo etiladi.
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan 215 ta tashabbuslarning loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi va kuzgi ko‘chat ekish mavsumida “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklarini” barpo etish ishlari boshlanadi.
Yil yakuniga qadar Orolbo‘yi mintaqasida 300 ming gektar maydonda shundan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 ming, Navoiy viloyatida 50 ming, Buxoro viloyatida 40 ming va Xorazm viloyatida 10 ming gektar maydonda “Yashil qoplamalar” barpo etiladi.
“Joriy yil yakuniga qadar atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga mansub sanoat hamda yirik qurilish materiallari, energetika va metallurgiya korxonalari tomonidan o‘z va tutash hududlarida 10 mln dona daraxt ko‘chatlari ekiladi va “yashil belbog‘”lar yaratiladi”, — deya ma’lum qilindi anjumanda.

Atmosfera havosini muhofaza qilish va monitoring

Ma’lum qilinishicha, yil yakuniga qadar atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan I va II toifaga mansub 80 ta sanoat korxonasida yuqori samarador chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatiladi va modernizatsiya qilinadi.
“Toza havo” oyligining II bosqichida jami 200 ming dona avtotransport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkaziladi.
© SputnikPress-konferensiya v Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki Uzbekistan
Press-konferensiya v Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
Press-konferensiya v Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki Uzbekistan
Shuningdek, Toshkent va Nukus shahrida hamda viloyatlar markazlarida joriy yilning ikkinchi yarim yilligida har oyning to‘rtinchi chorshanbasida (25 sentabr, 23-oktabr, 27-noyabr va 25-dekabr kunlari) “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi tadbirlari o‘tkaziladi.

Chiqindilarni boshqarish

Aytilishicha, xorij kompaniyasi bilan hamkorlikda “Ohangaron” maishiy chiqindilar poligonida hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan (metandan) 15 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish loyiha amalga oshirilmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar 36 ta maishiy chiqindi poligonlari rekultivatsiya qilinadi, 6 ta poligon tartibga keltiriladi hamda 22 ta chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari quriladi.
“Canitar tozalash korxonalari mablag‘lari hisobidan 771 ta maxsus texnika, 950 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalari qurilib, 5 232 ta chiqindi konteynerlari xarid qilinadi. “Tibbiyot chiqindilardan muqobil issiqlik energiyasi ishlab chiqarish” amalga oshiriladi. Jumladan, 2024-yilda Toshkent va Samarqand shaharlarining 11 ta yirik tibbiyot muassasalarida soatiga 1,1 tonna tibibot chiqindilarini utilizatsiya qilish stansiyalari barpo etiladi”, — deya ma’lum qilindi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh suratlari orqali 254,1 mln dona daraxtlarning koordinatalari aniqlanib, raqamli xaritasi yaratildi. 553,1 mingdan ortiq daraxtlarning pasporti shakllantirilib, to‘liq parametrlari bo‘yicha ma’lumotlar elektron platformaga kiritildi.
“Qo‘shni respublikalar bilan chegaradosh hududlar orqali ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarning yillik sonini aniqlash bo‘yicha idoralararo elektron axborot almashuvi tizimi ishlab chiqildi hamda Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda Qo‘shni respublikalar bilan chegaradosh hududlar orqali ko‘chib yuruvchi hayvon turlari ro‘yxati shakllantirildi”, — deya qayd etildi anjumanda.
Shu yil yakuniga qadar 13 ta yer usti tabiiy suv obyektining suvni muhofaza qilish zonalari, shu jumladan, sohil bo‘yi mintaqalari belgilanib, Buxoro va Jizzax viloyatlaridagi iqtisodiy ahamiyatga ega hayvonlar va Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi istiqbolli xom ashyobop o‘simliklarining davlat ro‘yxati va kadastri yaratiladi. Ushbu hududlarda joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning flora tur tarkibi inventarizatsiya qilinmoqda.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

Shu yil yakuniga qadar Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer maydonlari kengaytiriladi. Vazirlik tizimidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning 120 nafar xodimi malakasi oshiriladi.
“Zomin tog‘lari ekotizimini YuNESKO Umumjaxon tabiiy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun nomzodnoma taqdim etiladi. “Jayron” pitomnigidan 30 bosh turkman qulonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, “Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati”dan 20 bosh Buxoro bug‘isi to‘qayzorlarga ko‘chiriladi”, — deya ma’lum qilindi tadbirda.

O‘rmon xo‘jaligi

Qayd etilishicha, o‘rmon fondining sug‘orish imkoniyati mavjud bo‘lgan yerlarida 1 000 gektar tez o‘suvchi daraxtlar plantatsiyalari, tog‘ va tog‘oldi hududlarida 500 gektar maydonda himoya daraxtzorlari barpo qilinadi.
O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan foydalanilmayotgan 3 ming
500 gektar yer maydonlari o‘zlashtiriladi hamda respublikaning o‘rmon bilan qoplanganlik darajasi 8.1 foiz(3 mln 650 ming gektar)ga yetkaziladi.
“Cho‘l, tog‘ va tog‘oldi hududlarida cho‘llanish va qum ko‘chishi, suv
va tuproq eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida 2 ming 400 gektar yer maydonlarida himoya o‘rmonzorlari (ihota) barpo etiladi”, — deya ma’lum qilindi.

Gidrometeorologiya

“Qashqadaryo viloyatida “Taxtaqoracha” qor ko‘chki stansiyasi tashkil etish hamda zamonaviy avtomatlashtirilgan kuzatuv tizimini joriy etish orqali davonda meteorologik prognozlarishonchliligi oshiriladi”, — deydi mutaxassislar.
Respublikaning 9 ta hududida suv resurslarining holatini onlayn monitoring qilish hamda toshqinlar, sel oqimlari haqida barvaqt ogohlantirish, respublika bo‘ylab yer usti suvlari hisobini yuritish maqsadida 35 ta gidrologik kuzatuv punktlari jixozlanadi.
Surxondaryo viloyatiga 1 dona meteorologik radiolakator uskunasini o‘rnatish orqali Qashqadaryo va Surxondaryo hududlari to‘liq qamrab olish hamda tog‘ va tog‘oldi hududlarda havfli gidrometeorologik hodisalarni prognozlash va sodir bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan zonalar aniqlanadi.
“Respublika hududida 4 ta “Chaqmoq hodisasini aniqlash” avtomatik stansiyalarini joriy etilishi natijasida real vaqt davomida kuzatishnitashkil etish orqali xavfli gidrometeorologik hodisalar sodir bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash hamda tegishli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmava tavsiyalar ishlab chiqiladi”, — deya qayd etildi.
Tizimda Finlyandiya tajribasini qo‘llagan holda barvaqt prognozlash va respublika viloyatlari markazlari buyicha “noukasting” modeli asosida prognozlash tizimini sinov tariqasida joriy etish hamda 20 nafar sinoptik mutaxassisni qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Suv, yer resurslari va yer osti boyliklari

Ta’kidlanishicha, 37 ta korxonada lokal oqova suv tozalash inshootlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bosh prokuratura bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Salar”, “Bektemir” va “Bo‘zsuv” to‘yintirish inshootlariga meyoridan ortiqcha ifloslantirilgan moddalar chiqaruvchi 44 ta korxonalarga nisbatan choralar ko‘rildi va 12 ta korxona oqova suv tarmog‘idan uzildi.

“Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 680 gektar yer maydonlari rekultivatsiya qilindi. 797 ta avtomobil yuvish shoxobchalari o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga o‘tkazilib, 1 150 ta shoxobchalar oqova suv tindirgichlar bilan jihozlandi. Natijada hosil bo‘layotgan oqova suvlarning 60 foizi tozalandi va suv resurslari tejaldi”, — deya qayd etishdi soha xodimlari.

Shu yil yakuniga qadar 56 ta korxonada lokal oqova tozalash inshootlari quriladi va mavjudlari rekonstruksiya qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0