O‘zbekiston kelasi yildan rasman BRIKSning hamkoriga aylanadi — Ushakov
09:23 24.12.2024 (yangilandi: 10:20 24.12.2024)
© Fotoxost-agentstvo brics-russia2024.ru / Mediabankka o‘tishPodgotovka k provedeniyu XVI sammita BRIKS v Kazani
© Fotoxost-agentstvo brics-russia2024.ru
/ Obuna bo‘lish
Ushakovning aytishicha, 1-yanvardan 9 ta davlat BRIKSning hamkoriga aylanadi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. O‘zbekiston 2025-yilning 1-yanvaridan rasman BRIKSning hamkoriga aylanadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Qayd etilishicha, Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Tailand, Kuba, Uganda, Malayziya va O‘zbekiston 2025-yil 1-yanvardan rasman BRIKSning hamkor davlatlari bo‘ladi.
“Qozondagi sammit arafasida u yoki bu maqomda BRIKS faoliyatiga qo‘shilish uchun 35 ta ariza kelib tushdi. Ba’zi davlatlar darhol to‘liq ishtirok etishni xohlashdi, boshqalari tanlangan tadbirlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishni xohlashdi. Shubha yo‘qki, sammitning muhim natijalaridan biri BRIKS bo‘yicha hamkor davlatlar toifasining belgilanishi va 13 ta davlat ro‘yxati bo‘yicha kelishuv bo‘ldi. Bu davlatlarga tegishli takliflar yuborildi. Bugunga kelib ularning BRIKS bo‘yicha hamkor davlat bo‘lishga tayyorligini tasdiqlovchi hujjatlar Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va O‘zbekistondan keldi”, — dedi Ushakov brifingda.
Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab ular rasman BRIKS bo‘yicha hamkor davlat maqomini oladi.
“Biz yaqin orada taklifnomalar yuborilgan yana to‘rtta davlatdan javob olishimizni kutamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Ushakov.
“Xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillar yig‘ilishlari, parlament forumlari va boshqa tadbirlarga hamkorlarni jalb etishni to‘g‘ri deb bilamiz. Hamfikrlarimiz kirishi uchun birlashma eshiklari ochiqligicha qolmoqda", — deb aniqlik kiritdi u.
Uning aytishicha, ayni paytda BRIKS muloqotiga yigirmadan ortiq davlat qiziqish bildirmoqda - Ozarbayjon, Bangladesh, Bahrayn, Burkina-Faso, Venesuela, Gonduras, Zimbabve, Kambodja, Kolumbiya, Kongo Respublikasi, Laos, Kuvayt, Marokash, Manma, Nikaragua, Pokiston, Falastin, Senegal, Suriya, Chad, Shri-Lanka, Ekvatorial Gvineya va Janubiy Sudan.