https://oz.sputniknews.uz/20241025/putin-ishtirokidagi-matbuot-anjumani-46297744.html
BRIKS kengayishi, Ukrainadagi mojaro — Putin ishtirokidagi matbuot anjumani
BRIKS kengayishi, Ukrainadagi mojaro — Putin ishtirokidagi matbuot anjumani
Sputnik O‘zbekiston
Qozondagi BRIKS sammitining yakuniy kunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumani o‘tkazdi.Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yangi ishtirokchilar BRIKSda ishlash va natijalarga erishish mumkinligini ko‘rdi va tushundi. Putin, shuningdek, BRIKS sammitining barcha uchrashuvlari va tadbirlari ochiq ruhda, o‘zaro tushunish muhitida o‘tganini qayd etdi.
2024-10-25T12:26+0500
2024-10-25T12:26+0500
2024-10-25T13:05+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
briks (brics)
vladimir putin
matbuot-anjuman
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/19/46307870_0:0:680:383_1920x0_80_0_0_cc1dc396e1166cf70e448cdbf8929838.jpg
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Qozondagi BRIKS sammitining yakuniy kunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumani o‘tkazdi.Rossiya BRIKS raisligiga mas’uliyat bilan yondashdiUning so‘zlariga ko‘ra, yangi ishtirokchilar BRIKSda ishlash va natijalarga erishish mumkinligini ko‘rdi va tushundi. Putin, shuningdek, BRIKS sammitining barcha uchrashuvlari va tadbirlari ochiq ruhda, o‘zaro tushunish muhitida o‘tganini qayd etdi.Sammitda BRIKSning Qozon deklaratsiyasi tasdiqlandiBu barcha mamlakatlarning BMT Nizomi asosida demokratik va ko‘p qutbli dunyo tartibini barpo etish tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.BRIKS davlatlari moliya sohasida hamkorlikni mustahkamlash tarafdoriBraziliyaning Yangi taraqqiyot bankidagi raislik muddatini uzaytirish taklif qilinmoqda.Putin sammitning barcha mehmonlariga minnatdorlik bildirdiUning ta’kidlashicha, Rossiya BRIKS bo‘yicha hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashini his qiladi va bu sammit yakunlanishi bilan tugamaydi.Putin, shuningdek, Tatariston rahbariyatiga sammitni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun Qozon aholisidan uzr so‘radi.Sammit ishtirokchilari SWIFT muqobilini yaratishni muhokama qilishdimi?Putin hech qanday muqobil yaratish maqsadi yo‘qligini, maqsad mavjud o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish ekanini aytdi.Qozondagi sammit BRIKSning yanada kengayishiga qanday signal berdi?BRIKS bo‘yicha hamkorlar Ukrainadagi mojaroga qanday munosabatda?Putinning ta’kidlashicha, mamlakatlar mojaro tinch yo‘l bilan va imkon qadar tezroq tugatilishi tarafdori.Prezident, shuningdek, vaziyatning kuchayishiga Rossiyaning harakatlari emas, balki 2014-yilda Ukrainada AQSh ko‘magida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi sabab bo‘lganini eslatdi. Keyin G‘arb davlatlari Kiyev rejimini sakkiz yil davomida qurollantirishdi. NATO a’zolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroda ishtirok etmoqda, chunki Ukraina harbiylari G‘arb raketalarini ularning ishtirokisiz ishlata olmaydi.KXDR harbiylari Rossiyada ekanligi haqidaPutin Rossiya Davlat dumasi KXDR bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilganini eslatdi.Donald Tramp bilan norasmiy aloqalar haqidaRossiya rahbari Donald Tramp bilan norasmiy aloqalar olib borayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Putin, shuningdek, g‘arblik hamkasblari bilan muloqot qilishdan bosh tortgani haqidagi bayonotlarni yolg‘on deb atadi.G‘arb xalqaro huquqqa e’tibor bermadiRossiya rahbarining ta’kidlashicha, Moskvaning NATOni sharqqa tomon kengaytirmaslikni so‘rab hamkorlariga qilgan doimiy murojaatlari yillar davomida e’tibordan chetda qolgan.Yaqin Sharqdagi vaziyatPutin hech kim mojaro kengayishini va katta urush boshlanishini istamasligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Rossiya bo‘layotgan voqealardan xavotirda. Putinning qo‘shimcha qilishicha, G‘azo sektoridagi o‘limlar sonidan barchaning yuragi qonamoqda, biroq Isroil 2023-yil oktabr oyida haqiqiy terrorchilik hujumiga duch kelganini inkor etib bo‘lmaydi.Ukraina bilan muzokaralar haqidaMavjud inqirozni hal qilish imkoniyatlarini birdan o‘ngacha baholashni so‘rashganda, Putin biron-bir raqam aytishni o‘rinsiz deb hisoblagan. Uning eslatishicha, Ukraina tomoni bir necha bor muloqot o‘rnatishga urinib ko‘rgan, keyin esa undan voz kechgan.Rossiya rahbari Kiyev rasmiylarining xatti-harakatlarini mantiqsiz deb atadi.
https://oz.sputniknews.uz/20241024/jahon-iqtisodiyot-terrorizm-xavfsizlik-putin-briks-46293167.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/19/46307870_50:0:610:420_1920x0_80_0_0_12b22f48c4b3893dfe567ac7f32ae0b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin matbuot anjumani briks sammit qozon
putin matbuot anjumani briks sammit qozon
BRIKS kengayishi, Ukrainadagi mojaro — Putin ishtirokidagi matbuot anjumani
12:26 25.10.2024 (yangilandi: 13:05 25.10.2024) Putin BRIKS sammitining barcha uchrashuvlari va tadbirlari ochiq ruhda, o‘zaro tushunish muhitida o‘tganini qayd etdi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Qozondagi BRIKS sammitining yakuniy kunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumani
o‘tkazdi.
Rossiya BRIKS raisligiga mas’uliyat bilan yondashdi
“BRIKSning XVI sammiti hozirgina muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu jahon siyosiy taqvimidagi eng muhim voqealardan biriga aylandi. Rossiya BRIKS raisi sifatida o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashayotganini bir necha bor aytganman. Rossiyaning 13 shahrida 200 tadan ortiq tadbir o‘tkazildi”, - dedi Rossiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi ishtirokchilar BRIKSda ishlash va natijalarga erishish mumkinligini ko‘rdi va tushundi. Putin, shuningdek, BRIKS sammitining barcha uchrashuvlari va tadbirlari ochiq ruhda, o‘zaro tushunish muhitida o‘tganini qayd etdi.
Sammitda BRIKSning Qozon deklaratsiyasi tasdiqlandi
Bu barcha mamlakatlarning BMT Nizomi asosida demokratik va ko‘p qutbli dunyo tartibini barpo etish tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
“Biz asosiy xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashdik, shuningdek, BRIKSga a’zo davlatlar, Global Janub va Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi barqaror rivojlanish manfaati yo‘lida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdik”, - dedi Putin.
BRIKS davlatlari moliya sohasida hamkorlikni mustahkamlash tarafdori
Braziliyaning Yangi taraqqiyot bankidagi raislik muddatini uzaytirish taklif qilinmoqda.
“BRIKS davlatlari moliyaviy sohada hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori. Biz banklararo aloqalarni mustahkamlashda va tashqi risklardan mustaqil milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini yaratishda davom etamiz”, - dedi Rossiya rahbari.
Putin sammitning barcha mehmonlariga minnatdorlik bildirdi
Uning ta’kidlashicha, Rossiya BRIKS bo‘yicha hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashini his qiladi va bu sammit yakunlanishi bilan tugamaydi.
“Sammit yakunlandi, men Qozonga kelgan barcha hamkasblarimga bizning umumiy ishimizga qo‘shgan hissasi uchun yana bir bor minnatdorlik bildirmoqchiman”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Putin, shuningdek, Tatariston rahbariyatiga sammitni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun Qozon aholisidan uzr so‘radi.
Sammit ishtirokchilari SWIFT muqobilini yaratishni muhokama qilishdimi?
Putin hech qanday muqobil yaratish maqsadi yo‘qligini, maqsad mavjud o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish ekanini aytdi.
“Shunga qaramay, masala juda muhim, bugungi kunda asosiy muammolardan biri hisob-kitoblar muammosi va shuning uchun biz milliy valyutalardan foydalanish yo‘lidan bormoqdamiz”, - dedi Putin.
Qozondagi sammit BRIKSning yanada kengayishiga qanday signal berdi?
“BRIKS a’zolari hamkor davlatlar ro‘yxatini kelishib oldilar, ba’zi davlatlar to‘liq formatda ishtirok etish uchun so‘rov yubordi. Keyinchalik, biz bo‘lajak hamkor mamlakatlarga taklifnoma yuboramiz va ijobiy javob olganimizdan so‘ng, ushbu mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qilamiz”, - dedi Rossiya rahbari.
BRIKS bo‘yicha hamkorlar Ukrainadagi mojaroga qanday munosabatda?
Putinning ta’kidlashicha, mamlakatlar mojaro tinch yo‘l bilan va imkon qadar tezroq tugatilishi tarafdori.
“Nyu-Yorkdagi assambleyada Xitoy Xalq Respublikasi va Braziliya tashabbus bilan chiqdi. BRIKSga a’zo ko‘plab davlatlar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz, o‘z navbatida, ushbu mojaroga e’tibor qaratgan va uni hal qilish yo‘llarini izlayotgan hamkorlarimizdan minnatdormiz”, - deb qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Prezident, shuningdek, vaziyatning kuchayishiga Rossiyaning harakatlari emas, balki 2014-yilda Ukrainada AQSh ko‘magida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi sabab bo‘lganini eslatdi. Keyin G‘arb davlatlari Kiyev rejimini sakkiz yil davomida qurollantirishdi. NATO a’zolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroda ishtirok etmoqda, chunki Ukraina harbiylari G‘arb raketalarini ularning ishtirokisiz ishlata olmaydi.
“Rossiya armiyasi maxsus harbiy operatsiya zonasida barcha yo‘nalishlarda ishonchli harakat qilmoqda”, - dedi Putin.
KXDR harbiylari Rossiyada ekanligi haqida
Putin Rossiya Davlat dumasi KXDR bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilganini eslatdi.
“Kelajakda nima qilish va qanday qilish bizning ishimiz. KXDR bilan munosabatlarimizga kelsak, sizlarga ma’lumki, Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomamiz endigina ratifikatsiya qilindi, unda 4-modda mavjud. Shimoliy Koreya rahbariyati kelishuvlarimizni jiddiy qabul qilishiga biz hech qachon shubha qilmaganmiz”, - dedi Rossiya rahbari.
Donald Tramp bilan norasmiy aloqalar haqida
Rossiya rahbari Donald Tramp bilan norasmiy aloqalar olib borayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Putin, shuningdek, g‘arblik hamkasblari bilan muloqot qilishdan bosh tortgani haqidagi bayonotlarni yolg‘on deb atadi.
“Janob Tramp yaqinda gapirgan, men eshitgan narsa - u Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun hamma narsani qilish istagi haqida gapirdi - menimcha, u buni chin dildan aytdi. Bunday bayonotlar, kimdan bo‘lishidan qat’i nazar, biz, albatta, mamnuniyat bilan qabul qilamiz”, - dedi Rossiya rahbari.
G‘arb xalqaro huquqqa e’tibor bermadi
“G‘arb Ukrainadagi davlat to‘ntarishini moliyalashtirdi va u yerda harbiy bazalar qurishni boshladi. Biz aytdik: buni qilmaslik kerak, bu bizning xavfsizligimizni buzadi - NATOning kengayishi. Yo‘q, baribir qilishdi. Bu adolatlimi? Bu yerda hech qanday adolat yo‘q”, - dediPutin.
Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, Moskvaning NATOni sharqqa tomon kengaytirmaslikni so‘rab hamkorlariga qilgan doimiy murojaatlari yillar davomida e’tibordan chetda qolgan.
Putin hech kim mojaro kengayishini va katta urush boshlanishini istamasligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, Rossiya bo‘layotgan voqealardan xavotirda. Putinning qo‘shimcha qilishicha, G‘azo sektoridagi o‘limlar sonidan barchaning yuragi qonamoqda, biroq Isroil 2023-yil oktabr oyida haqiqiy terrorchilik hujumiga duch kelganini inkor etib bo‘lmaydi.
“Yaqin Sharqdagi vaziyat kuchayishining oldini olish uchun Isroil bilan ham ishlash kerak. Biz jarayonning barcha ishtirokchilari bilan ishlashimiz va hech qanday holatda mojaroning kuchayishiga yoki yomonlashishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, - dedi Rossiya rahbari.
Ukraina bilan muzokaralar haqida
Mavjud inqirozni hal qilish imkoniyatlarini birdan o‘ngacha baholashni so‘rashganda, Putin biron-bir raqam aytishni o‘rinsiz deb hisoblagan. Uning eslatishicha, Ukraina tomoni bir necha bor muloqot o‘rnatishga urinib ko‘rgan, keyin esa undan voz kechgan.
Rossiya rahbari Kiyev rasmiylarining xatti-harakatlarini mantiqsiz deb atadi.
“Ular o‘z homiylariga barcha sarmoyalar behuda ketmaganligini har qanday holatda ham ko‘rsatmoqchi”, - dedi Putin.