https://oz.sputniknews.uz/20240814/uzbekistan-kuwait-diplomatlar-hamkorlik-45193846.html
O‘zbekiston Kuvayt bilan diplomatlar tayyorlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Kuvayt bilan diplomatlar tayyorlashda hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyor Saidov kuvaytlik hamkasbi Abdulla Ali al-Yahyo bilan uchrashdi.
2024-08-14T15:19+0500
2024-08-14T15:19+0500
2024-08-14T15:19+0500
siyosat
o‘zbekiston
kuvayt
o‘zbekiston tiv
diplomatlar
hamkorlik
baxtiyor saidov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0e/45192890_0:140:1280:860_1920x0_80_0_0_f1fc35e8a6125c13ac86aed57b516bf5.jpg
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari diplomatlar tayyorlashda hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kuvaytlik hamkasbi Abdulla Ali al-Yahyo bilan uchrashdi. Uning qayd etishicha, O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi sheriklikda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud. Shuningdek, Baxtiyor Saidov Kuvayt investitsiyalar agentligi ijrochi direktori G‘onim Sulaymon al-G‘animan bilan ham uchrashdi. Ular o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, eng ilg‘or jahon tajribasi, innovatsiyalarni, yangi bilimlarni O‘zbekistonga jalb qilish kabi masalalarni ko‘rib chiqishdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston, O‘mon va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolangan edi.O‘zbekistondan Kuvaytga mevalar eksporti hajmi oshiriladiKuvayt kompaniyasi Qashqadaryoda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqchiKuvayt Buxoro viloyatida yangi loyihalar boshlaydi — tafsilotlar
https://oz.sputniknews.uz/20240510/ozbekiston-kuvaytlik-turistlar-uchun-asosiy-sayyohlik-yonalishiga-aylanadi-43819036.html
o‘zbekiston
kuvayt
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/0e/45192890_0:20:1280:980_1920x0_80_0_0_dd4f5e4c4e17289f0d0b760dfa27954a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
baxtiyor saidov kuvayt abdulla ali al-yahyo
baxtiyor saidov kuvayt abdulla ali al-yahyo
O‘zbekiston Kuvayt bilan diplomatlar tayyorlashda hamkorlik qiladi
Baxtiyor Saidov kuvaytlik hamkasbi Abdulla Ali al-Yahyo bilan uchrashdi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari diplomatlar tayyorlashda hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida
ma’lum qildi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kuvaytlik hamkasbi Abdulla Ali al-Yahyo bilan uchrashdi.
“Ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida diplomatik kadrlar tayyorlash institutlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv memorandumini imzoladik”, — deb yozadi vazir.
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi sheriklikda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud.
“Iqtisodiy aloqalarni rag‘batlantirish, mintaqalarimiz o‘rtasidagi bog‘liklini kengaytirish, muntazam almashinuvlarni faollashtirish, o‘zaro shartnomaviy-huquqiy asosni kuchaytirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirish ustuvor vazifalarimizdan bo‘lib qolmoqda”, — deya qayd etdi u.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov Kuvayt investitsiyalar agentligi ijrochi direktori G‘onim Sulaymon al-G‘animan bilan ham uchrashdi. Ular o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, eng ilg‘or jahon tajribasi, innovatsiyalarni, yangi bilimlarni O‘zbekistonga jalb qilish kabi masalalarni ko‘rib chiqishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston, O‘mon va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi
imzolangan edi.