Maxsus xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirish muhim: Mirziyoyev Putin bilan gaplashdi

© POOL / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy
Rabochiy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2024
Obuna bo‘lish
Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, suhbat davomida Mirziyoyev general Igor Kirillovning halokati munosabati bilan hamdardlik bildirib, bu terrorchilik hujumini keskin qoraladi.
Shu bilan birga, Mirziyoyev Putinni yil yakunida o‘tkazilgan katta matbuot anjumani va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2024
Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0