https://oz.sputniknews.uz/20241212/mirziyoev-putin-ikki-tomonlama-hamkorlik-47049407.html
Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
2024-12-12T09:51+0500
2024-12-12T09:51+0500
2024-12-12T09:52+0500
o‘zbekiston - rossiya
siyosat
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
hamkorlik
telefon muloqoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1b/44074601_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0256421003de3902762066866b2a2220.jpg
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ikki davlat rahbarlari 11-dekabr kuni telefon orqali muloqot qildi. Muloqotda Rossiya prezidentining joriy yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan "yo‘l xaritasi" asosida amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Kuni kecha Moskva shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikki tomonlama muzokaralarning natijalari yuqori baholandi. Innovatsiyalar, sun’iy intellekt, ta’lim va tibbiyot sohalarida hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Xalqaro kun tartibidagi masalalar hamda joriy yil dekabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan mintaqaviy tashkilotlardagi ko‘p tomonlama hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.
https://oz.sputniknews.uz/20241024/mirziyoev-qozon-putin--46284617.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1b/44074601_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_5cadf33b2c0bbe9b189a4f167b4891c4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev putin ikki tomonlama hamkorlik
mirziyoyev putin ikki tomonlama hamkorlik
Mirziyoyev va Putin ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
09:51 12.12.2024 (yangilandi: 09:52 12.12.2024) Innovatsiyalar, sun’iy intellekt, ta’lim va tibbiyot sohalarida hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Ikki davlat rahbarlari 11-dekabr kuni telefon orqali muloqot qildi. Muloqotda Rossiya prezidentining joriy yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan "yo‘l xaritasi" asosida amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kuni kecha Moskva shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikki tomonlama muzokaralarning natijalari yuqori baholandi.
O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘sishini ta’minlash, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, O‘zbekiston va Rossiya hududlari hamda ishbilarmon tashkilotlari darajasida faol muloqotlarni davom ettirishga qaratilgan o‘zaro muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Innovatsiyalar, sun’iy intellekt, ta’lim va tibbiyot sohalarida hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Xalqaro kun tartibidagi masalalar hamda joriy yil dekabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan mintaqaviy tashkilotlardagi ko‘p tomonlama hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.