https://oz.sputniknews.uz/20241219/putin-yil-yakunlar-rossiya-47189655.html
Putin bilan yil yakunlari: Rossiya yetakchisi qanday savollarga javob berdi?
Putin bilan yil yakunlari: Rossiya yetakchisi qanday savollarga javob berdi?
Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolardan prezidentga 2 milliontadan ortiq murojaat kelib tushdi. 19.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-19T18:00+0500
2024-12-19T18:00+0500
2024-12-19T18:17+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
vladimir putin
aqsh
suriya
ukraina
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/13/47189481_0:0:3144:1770_1920x0_80_0_0_356f5ae7287fbb37b6c6534afd88d72c.jpg
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Mamlakat yetakchisi jonli efir orqali nihoyalayotgan yil yakunlarini sarhisob qilib, jurnalistlar va rossiyaliklarning savollariga javob berdi.Putinga birinchi “aqldan ozgan dunyo sharoitda Rossiya qanday qilib o‘sishda davom etmoqda?”, degan savol berildi. Prezident o‘z javobini kinoya bilan boshladi va hamma narsa tinch bo‘lganda “zerikamiz”, deya ta’kidladi. Shundan so‘ng davlat rahbari jiddiy javobga o‘tib, yil iqtisodiy yakunlari haqida gapirdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil ichida Rossiya iqtisodiyoti qariyb 8 foizga o‘sgan. Shtatlarda - besh yoki oltita, yevrozonada - bir foiz.Asosiy ko‘rsatkichlardan biri - ishsizlik darajasi. Bu Rossiyada rekord darajada past - 2,3%. Sanoatning o‘sishi 4,4 foizni, qayta ishlash sanoatining o‘sishi esa sakkiz foizni tashkil etadi.Iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan suverenitetning mustahkamlanishi natijasidir, dedi Putin.Putinning so‘zlariga ko‘ra, hukumat samarali, ancha qoniqarli ishlamoqda, kelajakni o‘ylab, vazifalar va milliy rivojlanish maqsadlarini belgilab bermoqda.Rossiya prezidentidan maxsus harbiy operatsiyaning borishini qanday baholashi, g‘alaba yaqinlashib qolgani yoki yo‘qligi so‘raldi.Putin frontda bo‘lgan askarlar bilan muntazam uchrashib turishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga Tinch okean flotining 155-dengiz piyodalari brigadasi bayrog‘i sovg‘a qilingan va bundan minnatdor. Putin bu bayroqni o‘zi bilan olib kelib, anjuman ishtirokchilariga ko‘rsatdi.Rossiya prezidenti o‘z so‘zida frontda jang qilayotgan barchaga omad, g‘alaba va Vatanga qaytishini tiladi.Boshlovchi Kursk viloyatida yashovchi bilan bog‘lanishni taklif qildi. U prezidentdan Ukraina Qurolli kuchlari paydo bo‘lolmaydigan darajada haydab yuboriladi, kichik qishloqlar tiklanadimi?, deb so‘radi. Putin dushman bo‘linmalari albatta Kursk viloyatidan haydab chiqarilishiga va’da berdi. U harbiylarga bosim o‘tkazmaslik uchun hech qanday sanani aytmadi.“Oreshnik” raketa tizimi haqida savol berildi. Rossiya yetakchisining aytishicha, bu yangi tizim, u Rossiya ishlanmalariga asoslangan. Putin "Oreshnik" ishlab chiqarish bo‘yicha yakuniy qarorni o‘zi qabul qilganini aytdi.Putinning ta’kidlashicha, agar Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga THAAD havo mudofaa tizimlarini yetkazib bersa, Moskva “bizning yigitlarimizdan” undagi yangilik haqida so‘raydi. Nega raketa "Oreshnik" deb ataladi degan savolga Putin “rostini aytsam? Bilmayman”, deb javob berdi.Putin eksperiment o‘tkazishni taklif qildi: G‘arb va Ukraina Kiyevdagi hududni belgilab olishsin, barcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini shu yerda to‘plashsin, biz esa u yerga Oreshnikni urib, nima bo‘lishini ko‘ramiz. Oreshnik- osongina otib tashlash yoki yo‘q qilish imkoniyati yo‘q.Putin Rossiya ozod qilgan barcha hududlarni to‘liq tiklash uchun yetarli mablag‘ bormi degan savolga shunday javob berdi: “Yetarli! Bunga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak”. Xususan, prezident Azov dengizi atrofida to‘rt polosali avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilayotganini aytdi.Uning qayd etishicha, yangi hududlar mukammal rivojlanish salohiyatiga ega, ularning tiklanishi yaxshi sur’atlar bilan davom etmoqda va ular o‘zini-o‘zi ta’minlash zonasiga kirmoqda. Putin yangi hududlardagi inshootlarni tiklashda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi va kelgusi rejalarni belgilab berdi va bu umummilliy vazifa ekanini ta’kidladi.Putin Mariupoldagi qurilish jadalligi haqida gapirdi. Prezident yangi hududlarda uy-joylar tiklanayotganda, uy-joyidan mahrum bo‘lgan aholi o‘zi yashagan hududdan yangisini olishi kerakligini aytdi.Amerkalik jurnalist: Tramp bilan qachon uchrashasiz? Unga nima taklif qilishingiz mumkin? Qanday kompromisslarga tayyorsiz?AQSh jurnalisti tomonidan Rossiyaning Kiyev bilan murosaga tayyorligi haqidagi savol berildi, unga prezident "Siyosat - bu murosaga kelish san’ati, Rossiya har doim muzokaralarga tayyor edi", deb javob berdi. Rossiya davlat rahbari 2022-yil oxirida Kiyev bilan kelishuvlarga erishilganini, biroq “g‘alati soch turmagi bo‘lgan” Boris Jonson Ukrainaga tinchlik o‘rnatishni taqiqlaganini eslatdi.“Agar biz prezident Tramp bilan uchrashadigan bo‘lsak, aminmanki, bizda gaplashadigan ko‘p narsa bo‘ladi. U bilan qachon uchrashishimizni bilmayman, chunki u bu haqda hech narsa demaydi. Men u bilan to‘rt yildan ortiq gaplashmadim. Men bunga har doim tayyorman, albatta”, dedi u.Putin NATOning barcha davlatlari Rossiya bilan urushayotganini, biroq Rossiya armiyasining jangovar tayyorgarligi dunyoda eng yuqori darajada ekanligini ta’kidladi.Shu bilan birga, u yerda quruqlikdagi qo‘shinlarimiz yo‘qligini, faqat harbiy bazalar borligini eslatdi.Uning aytishicha, Rossiya Suriyadagi siyosiy kuchlar bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi, Suriya tomoni ular harbiy bazalar qolishidan manfaatdor, ammo Rossiya bu haqda o‘ylamoqda.Vladimir Putin birinchi marta general Kirillovning o‘ldirilishiga izoh berdi: bu ko‘pchilikning hayoti uchun xavfli tarzda amalga oshirilgan terakt.Putin navbatdagi savolga javob berar ekan, BRIKS G‘arbga qarshi turish uchun emas, balki a’zo mamlakatlar rivojlanishi uchun ekanligini qayd etdi. Ikkinchi jahon urushidan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar Rossiya va Xitoydir. Rossiyada, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 27 million, Xitoyda 30 milliondan ortiq, dedi Putin.Kubandan migratsiya muammosi haqidagi savol berildi, jurnalist prezidentning migratsiya cheklovlariga qanday qarashini so‘radi.Uning aytishicha, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tizimida migratsiya ishlarini kuchaytirish va alohida markaz tashkil etish zarur.Putin Davlat Dumasining rus tilini bilmaydigan migrantlarning maktablarda o‘qishini taqiqlash haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi. Ularni oldindan tayyorlash va o‘rgatish kerakligini aytdi. Boshlovchining aytishicha, migratsiya bo‘yicha savollarning salmoqli qismi tashrif buyuruvchilardan kelgan. Uning ta’kidlashicha, gap doim mehnat migratlari haqida emas, balki Rossiyaga qaytishni istaganlar haqida ham ketmoqda.Putinning ta’kidlashicha, fuqarolik rasmiy ravishda prezident tomonidan berilsa-da, qaror mahalliy darajada tayyorlanadi.Putinning aytishicha, Ukrainada Rossiya fuqarolaridan pul olish uchun butun markazlar faoliyat yuritadi va bu faoliyat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.Putinning aytishicha, uning tanishlariga ham firibgarlar qo‘ng‘iroq qilishgan: xayriyatki, hech kim aldanmagan. U notanish odamlar bilan gaplashmaslikni va darhol go‘shakni o‘chirishni maslahat berdi.Boshlovchi Ukraina energetika obyektlariga qilingan hujumlardan keyin rossiyaliklarga soxta qo‘ng‘iroqlar soni kamayib borayotganini ta’kidladi. Putin, o‘z navbatida, armiya harbiy obyektlarga zarba berishda davom etishini aytdi."Drugaya Ukraina" jamoat harakatining savoli: Kiyev bilan qanday sharoitda muzokaralar boshlanadi? Zelenskiy bilan bo‘lmasa, kim bilan?Putin Zelenskiy de-yure endi prezident emasligini eslatdi.Putin Moskva hech qachon muzokaralardan bosh tortmaganini yana bir bor eslatdi.Turkiyalik jurnalist Isroilning harakatlari va Suriyani bosib olishga urinishi haqida savol berdi. Putin Isroilni Suriyadagi voqealardan asosiy manfaatdor deb atadi.Rossiya prezidenti Isroil G‘azo sektorida qanday maqsadlarni ko‘zlayotganini bilmasligini, biroq uning harakatlari qoralanishini ta’kidladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/13/47189481_184:0:2915:2048_1920x0_80_0_0_21bcac9a044a6d1cfffa04dda0ff6050.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, vladimir putin, aqsh, suriya, ukraina, migrantlar
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, vladimir putin, aqsh, suriya, ukraina, migrantlar
Putin bilan yil yakunlari: Rossiya yetakchisi qanday savollarga javob berdi?
18:00 19.12.2024 (yangilandi: 18:17 19.12.2024) Fuqarolardan prezidentga 2 milliontadan ortiq murojaat kelib tushdi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Mamlakat yetakchisi jonli efir orqali nihoyalayotgan yil yakunlarini sarhisob qilib, jurnalistlar va rossiyaliklarning savollariga javob berdi.
Putinga birinchi “aqldan ozgan dunyo sharoitda Rossiya qanday qilib o‘sishda davom etmoqda?”, degan savol berildi. Prezident o‘z javobini kinoya bilan boshladi va hamma narsa tinch bo‘lganda “zerikamiz”, deya ta’kidladi. Shundan so‘ng davlat rahbari jiddiy javobga o‘tib, yil iqtisodiy yakunlari haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil ichida Rossiya iqtisodiyoti qariyb 8 foizga o‘sgan. Shtatlarda - besh yoki oltita, yevrozonada - bir foiz.
Asosiy ko‘rsatkichlardan biri - ishsizlik darajasi. Bu Rossiyada rekord darajada past - 2,3%. Sanoatning o‘sishi 4,4 foizni, qayta ishlash sanoatining o‘sishi esa sakkiz foizni tashkil etadi.
“Shu bilan birga, aholi daromadlari inflyatsiyadan yuqori o‘smoqda. Umuman olganda, vaziyat barqaror va ishonchli”, — dedi Putin.
Iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan suverenitetning mustahkamlanishi natijasidir, dedi Putin.
“Ba’zi ishlab chiqaruvchilar Rossiya bozorini tark etishdi, bu bizning tadbirkorlarimiz ushbu tovarlarni o‘zlari ishlab chiqarishni boshladilariga olib keldi. Bu, ayniqsa, mamlakatimiz uchun muhim, chunki suverenitetni yo‘qotsak, davlatchilikni ham yo‘qotamiz”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, hukumat samarali, ancha qoniqarli ishlamoqda, kelajakni o‘ylab, vazifalar va milliy rivojlanish maqsadlarini belgilab bermoqda.
Rossiya prezidentidan maxsus harbiy operatsiyaning borishini qanday baholashi, g‘alaba yaqinlashib qolgani yoki yo‘qligi so‘raldi.
Putin frontda bo‘lgan askarlar bilan muntazam uchrashib turishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga Tinch okean flotining 155-dengiz piyodalari brigadasi bayrog‘i sovg‘a qilingan va bundan minnatdor. Putin bu bayroqni o‘zi bilan olib kelib, anjuman ishtirokchilariga ko‘rsatdi.
“Maxsus harbiy operatsiyada vaziyat keskin o‘zgarib bormoqda, butun front chizig‘i bo‘ylab. Rossiya jangchilari kvadrat kilometrlik hududni qaytarib olishmoqda. Har kuni”, — dedi u.
Rossiya prezidenti o‘z so‘zida frontda jang qilayotgan barchaga omad, g‘alaba va Vatanga qaytishini tiladi.
Boshlovchi Kursk viloyatida yashovchi bilan bog‘lanishni taklif qildi. U prezidentdan Ukraina Qurolli kuchlari paydo bo‘lolmaydigan darajada haydab yuboriladi, kichik qishloqlar tiklanadimi?, deb so‘radi. Putin dushman bo‘linmalari albatta Kursk viloyatidan haydab chiqarilishiga va’da berdi. U harbiylarga bosim o‘tkazmaslik uchun hech qanday sanani aytmadi.
“Oreshnik” raketa tizimi haqida savol berildi. Rossiya yetakchisining aytishicha, bu yangi tizim, u Rossiya ishlanmalariga asoslangan. Putin "Oreshnik" ishlab chiqarish bo‘yicha yakuniy qarorni o‘zi qabul qilganini aytdi.
Putinning ta’kidlashicha, agar Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga THAAD havo mudofaa tizimlarini yetkazib bersa, Moskva “bizning yigitlarimizdan” undagi yangilik haqida so‘raydi. Nega raketa "Oreshnik" deb ataladi degan savolga Putin “rostini aytsam? Bilmayman”, deb javob berdi.
Putin eksperiment o‘tkazishni taklif qildi: G‘arb va Ukraina Kiyevdagi hududni belgilab olishsin, barcha havo hujumidan mudofaa tizimlarini shu yerda to‘plashsin, biz esa u yerga Oreshnikni urib, nima bo‘lishini ko‘ramiz. Oreshnik- osongina otib tashlash yoki yo‘q qilish imkoniyati yo‘q.
Putin Rossiya ozod qilgan barcha hududlarni to‘liq tiklash uchun yetarli mablag‘ bormi degan savolga shunday javob berdi: “Yetarli! Bunga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak”. Xususan, prezident Azov dengizi atrofida to‘rt polosali avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilayotganini aytdi.
"21 ming obyekt tiklandi. Shunday qilib, Doneskda jahon darajasidagi perinatal markaz qurildi", — dedi mamlakat yetakchisi.
Uning qayd etishicha, yangi hududlar mukammal rivojlanish salohiyatiga ega, ularning tiklanishi yaxshi sur’atlar bilan davom etmoqda va ular o‘zini-o‘zi ta’minlash zonasiga kirmoqda. Putin yangi hududlardagi inshootlarni tiklashda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi va kelgusi rejalarni belgilab berdi va bu umummilliy vazifa ekanini ta’kidladi.
Putin Mariupoldagi qurilish jadalligi haqida gapirdi. Prezident yangi hududlarda uy-joylar tiklanayotganda, uy-joyidan mahrum bo‘lgan aholi o‘zi yashagan hududdan yangisini olishi kerakligini aytdi.
Amerkalik jurnalist: Tramp bilan qachon uchrashasiz? Unga nima taklif qilishingiz mumkin? Qanday kompromisslarga tayyorsiz?
AQSh jurnalisti tomonidan Rossiyaning Kiyev bilan murosaga tayyorligi haqidagi savol berildi, unga prezident "Siyosat - bu murosaga kelish san’ati, Rossiya har doim muzokaralarga tayyor edi", deb javob berdi. Rossiya davlat rahbari 2022-yil oxirida Kiyev bilan kelishuvlarga erishilganini, biroq “g‘alati soch turmagi bo‘lgan” Boris Jonson Ukrainaga tinchlik o‘rnatishni taqiqlaganini eslatdi.
“Agar biz prezident Tramp bilan uchrashadigan bo‘lsak, aminmanki, bizda gaplashadigan ko‘p narsa bo‘ladi. U bilan qachon uchrashishimizni bilmayman, chunki u bu haqda hech narsa demaydi. Men u bilan to‘rt yildan ortiq gaplashmadim. Men bunga har doim tayyorman, albatta”, dedi u.
“Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning zaiflashgan holatda bo‘lishini juda xohlaydi. Men boshqacha nuqtayi nazarga egaman. So‘nggi ikki-uch yil ichida Rossiya ancha kuchliroq bo‘ldi, chunki biz haqiqatan ham suveren davlatga aylanmoqdamiz va hech kimga qaram emasmiz. NATO haqida buni aytish qiyin. Masalan ilgari bitta snarad 2000 dollar turgan bo‘lsa, hozir — 8000. Bu ketishda NATO a’zolarining YaIMining 3 foizi ham yetmaydi. (Hozir 2%) Rossiya Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor, qarshi tomon ham murosaga tayyor bo‘lishi kerak.”, — dedi Rossiya prezidenti.
Putin NATOning barcha davlatlari Rossiya bilan urushayotganini, biroq Rossiya armiyasining jangovar tayyorgarligi dunyoda eng yuqori darajada ekanligini ta’kidladi.
“Dunyoning boshqa hech bir armiyasida bunday emas. Rossiya kuchayib, haqiqiy suveren davlatga aylangan. Biz boshqalarning fikriga qaramaymiz. Suriyaga kelsak, Rossiyaning asosiy vazifasi u yerda terrorchilar anklavini yaratishning oldini olish edi. Bu maqsadga erishildi”, — dedi Putin.
Shu bilan birga, u yerda quruqlikdagi qo‘shinlarimiz yo‘qligini, faqat harbiy bazalar borligini eslatdi.
"Bugun Suriya Arab Respublikasidagi vaziyat oson emas, Moskva tez orada tinchlik bo‘lishiga umid qilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Uning aytishicha, Rossiya Suriyadagi siyosiy kuchlar bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi, Suriya tomoni ular harbiy bazalar qolishidan manfaatdor, ammo Rossiya bu haqda o‘ylamoqda.
"Biz Suriyaga gumanitar yordam yetkazish uchun bazalarimizdan foydalanishni taklif qildik. Qisqa qilib aytganda “Mening o‘limim haqidagi mish-mishlar juda bo‘rttirilgan”, - deb amerikalik yozuvchining gapi bilan javob berdi Putin.
Vladimir Putin birinchi marta general Kirillovning o‘ldirilishiga izoh berdi: bu ko‘pchilikning hayoti uchun xavfli tarzda amalga oshirilgan terakt.
"Kiyev rejimi bunday jinoyatlarni qayta-qayta sodir etgan, G‘arb hech qachon bunday teraktlarni qoralamagan, — dedi Rossiya prezidenti.
Putin navbatdagi savolga javob berar ekan, BRIKS G‘arbga qarshi turish uchun emas, balki a’zo mamlakatlar rivojlanishi uchun ekanligini qayd etdi.
“Hammaning manfaati bir – taraqqiyot. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash va insoniyatning kelajakdagi rivojlanishi uchun uning strukturasini o‘zgartirish uchun yangi vositalar izlanmoqda va yaratilmoqda, toki BRIKS mamlakatlari bu oldinga siljishning yetakchisiga aylansin”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Ikkinchi jahon urushidan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar Rossiya va Xitoydir. Rossiyada, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 27 million, Xitoyda 30 milliondan ortiq, dedi Putin.
"O‘shanda birga edik, hozir ham birgamiz. Bu jahon ishlarida barqarorlikning asosiy omilidir", — dedi Putin va Si Szinpinga salom yo‘lladi.
Kubandan migratsiya muammosi haqidagi savol berildi, jurnalist prezidentning migratsiya cheklovlariga qanday qarashini so‘radi.
"Migrantlar masalasi juda nozik. Haqiqatan ham mehnat yetarli emas, bu haqiqat. Kamroq malakasiz ishchilar talab qilinishi uchun texnologiyalarni ishlab chiqish kerak. Shuningdek, biz hamkorlarimiz bilan hamkorlikda Rossiyaga uning madaniyati bilan tanish odamlar kelishini ta’minlashimiz kerak", — dedi Rossiya prezidenti.
Uning aytishicha, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tizimida migratsiya ishlarini kuchaytirish va alohida markaz tashkil etish zarur.
Putin Davlat Dumasining rus tilini bilmaydigan migrantlarning maktablarda o‘qishini taqiqlash haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi. Ularni oldindan tayyorlash va o‘rgatish kerakligini aytdi.
Boshlovchining aytishicha, migratsiya bo‘yicha savollarning salmoqli qismi tashrif buyuruvchilardan kelgan. Uning ta’kidlashicha, gap doim mehnat migratlari haqida emas, balki Rossiyaga qaytishni istaganlar haqida ham ketmoqda.
Putinning ta’kidlashicha, fuqarolik rasmiy ravishda prezident tomonidan berilsa-da, qaror mahalliy darajada tayyorlanadi.
"Qaytish istagida bo‘lganlar ko‘p, jumladan, Ukrainadan ham. Bugungi kunda Rossiyada Ukrainaning o‘zida bo‘lgani kabi, taxminan bir xil miqdordagi ukrainaliklar yashaydi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Putinning aytishicha, Ukrainada Rossiya fuqarolaridan pul olish uchun butun markazlar faoliyat yuritadi va bu faoliyat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
“Faqat shu yo‘nalishdan 250 milliard rublga yaqin mablag‘ o‘g‘irlangan. Bu kabi Gitler Germaniyasi Buyuk Britaniya iqtisodiga putur yetkazish uchun ingliz pullarini bosib chiqarish bilan shug‘ullangan”, — dedi Putin.
Putinning aytishicha, uning tanishlariga ham firibgarlar qo‘ng‘iroq qilishgan: xayriyatki, hech kim aldanmagan. U notanish odamlar bilan gaplashmaslikni va darhol go‘shakni o‘chirishni maslahat berdi.
Boshlovchi Ukraina energetika obyektlariga qilingan hujumlardan keyin rossiyaliklarga soxta qo‘ng‘iroqlar soni kamayib borayotganini ta’kidladi. Putin, o‘z navbatida, armiya harbiy obyektlarga zarba berishda davom etishini aytdi.
"Drugaya Ukraina" jamoat harakatining savoli: Kiyev bilan qanday sharoitda muzokaralar boshlanadi? Zelenskiy bilan bo‘lmasa, kim bilan?
Putin Zelenskiy de-yure endi prezident emasligini eslatdi.
"Endi Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, faqat Oliy Rada qonuniy hisoblanadi. Ukraina noqonuniy prezidentni saqlab qolar ekan, boshqa barcha hokimiyat organlari uning jinoyatlariga sherik bo‘ladi. Biz hamma bilan gaplashamiz, lekin faqat qonuniy deb hisoblanganlar bilan imzo chekamiz", — dedi mamlakat prezidenti.
Putin Moskva hech qachon muzokaralardan bosh tortmaganini yana bir bor eslatdi.
Turkiyalik jurnalist Isroilning harakatlari va Suriyani bosib olishga urinishi haqida savol berdi. Putin Isroilni Suriyadagi voqealardan asosiy manfaatdor deb atadi.
“Rossiya Suriyaning istalgan hududini bosib olishni qoralaydi. Isroil xavfsizlik masalalarini o‘zi hal qiladi, 25 kilometr oldinga o‘tib, Sovet Ittifoqi Suriya uchun qurgan istehkomlarga kirdi. Umid qilamizki, Isroil bir kun kelib Suriya hududini tark etadi, ammo hozir u yerga qo‘shimcha qo‘shin jo‘natmoqda, u yerda o‘zini mustahkamlamoqchi degan fikr bor. Muammolar ko‘p bo‘ladi, Rossiya xalqaro huquq tarafida va Suriya tomonida”, — dedi mamlakat prezidenti.
Rossiya prezidenti Isroil G‘azo sektorida qanday maqsadlarni ko‘zlayotganini bilmasligini, biroq uning harakatlari qoralanishini ta’kidladi.