Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Gerasimov: Rossiya Qurolli kuchlari 2024-yilda barcha belgilangan vazifalarni bajardi

© Sputnik / Aleksey MayshevRossiyskie voyennie v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto
Rossiyskie voyennie v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2024
Obuna bo‘lish
Gerasimov: Rossiya Qurolli kuchlari 2024-yilda mamlakat rahbariyati tomonidan belgilangan barcha vazifalarni bajardi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari 2024-yilda mamlakat rahbariyati tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalarni bajardi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Qurolli Kuchlarning joriy yildagi faoliyatini sarhisob qilar ekanman, mamlakat rahbariyati tomonidan belgilangan barcha vazifalar bajarilganini qayd etmoqchiman”, — dedi u xorijiy davlatlar harbiy attashelari uchun o‘tkazilgan brifingda.
Uning aniqlik kiritishicha, qurol-yarog‘ va harbiy texnika yangilanmoqda, boshqaruv tarkibi va bo‘linmalarining tayyorgarlik darajasi oshmoqda.
Maxsus operatsiya davomida aviatsiya, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va boshqa harbiy bo‘linmalardan foydalangan holda turli tuzilmalar tomonidan jangovar harakatlarni amalga oshirishda katta amaliy tajriba to‘plandi.
Maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga albatta erishiladi, dedi Gerasimov. Bosh shtab boshlig‘ining ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari potensial dushmanning imkoniyatlari, uning jang maydonidagi taktikasi, G‘arbda ishlab chiqarilgan qurollarning kuchli va zaif tomonlari haqida aniq tushunchaga ega.
“Biz nima qilish kerakligini va hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalarni bilamiz. Kelgusida biz global va mintaqaviy miqyosda vaziyatni barqarorlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimizning tinch ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun armiya va flotning izchil va mutanosib rivojlanishi ustida ishlashni davom ettiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Rasshirennoe zasedanie kollegii Ministerstva oboroni RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Maxsus operatsiya, qo‘shimcha xavfsizlik choralari: Putin armiya oldiga qanday vazifalar qo‘ydi?
Yangiliklar lentasi
0