Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya, qo‘shimcha xavfsizlik choralari: Putin armiya oldiga qanday vazifalar qo‘ydi?

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRasshirennoe zasedanie kollegii Ministerstva oboroni RF
Rasshirennoe zasedanie kollegii Ministerstva oboroni RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda Rossiya harbiy hamkorligi 100 dan ortiq davlatni qamrab oldi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Mudofaa vazirligi kollegiyasida nutq so‘zladi. U o‘z so‘zida maxsus harbiy operatsiya, dunyodagi vaziyat, qo‘shimcha xavfsizlik choralariga to‘xtalib, Qurolli kuchlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya qo‘shinlari jangovar aloqa chizig‘i bo‘ylab strategik tashabbusga mustahkam egalik qilmoqda.

“Bu yil maxsus harbiy operatsiyaning maqsadlariga erishishda muhim yil bo‘ldi, Rossiya 2024-yilda 189 ta aholi punktini ozod qildi. Ruslar mamlakat nima uchun kurashayotganini tushunishadi, oldingi safdagi askarlarga yordam berishadi va o‘zlarini ularning safiga qo‘shishadi”, — dedi Putin.

Aytilishicha, bu yilda har kuni mingdan ortiq kishi shartnoma asosida harbiy xizmatga kirishadi. Maxsus xarbiy operatsiya zonasidagi rus askarlari jonlarini ayashmaydi.
Maxsus operatsiyalarda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oila a’zolari haqida qayg‘urish asosiy e’tiborda bo‘lishi kerakligi, ta’kidlandi.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat murakkab va beqarorligicha qolmoqda. AQShning hozirgi ma’muriyati va kollektiv G‘arb hukmronlikni saqlab qolish urinishlaridan voz kechgani yo‘q. Qo‘shma Shtatlar Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratish uchun Kiyev rejimini qurol va pul bilan to‘ldirishda davom etmoqda. Shtatlar u yerga yollanma askarlari va maslahatchilarini yuborish orqali Ukrainadagi mojaroning kuchayishini rag‘batlantirmoqda.
AQSh tashabbusi bilan dunyoda yangi harbiy-siyosiy ittifoqlar tuzilmoqda. NATO davlatlari harbiy xarajatlarni oshirmoqda, Rossiya chegaralari yaqinida zarba beruvchi guruhlar yig‘ilmoqda.
Alyans Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘z ishtirokini kuchaytirmoqda, raketa tizimlarini joylashtirishni mashq qilmoqda. AQSh o‘z aholisini Rossiya go‘yoki kimgadir hujum qilishni rejalashtirayotgani haqidagi afsonaviy bayonotlar bilan qo‘rqitmoqda.
Putinning qayd etishicha, G‘arb qiziq chiziqlardan o‘tmoqda va Moskva bunga javob bermay qolmaydi.
Ta’kidlanishicha, AQSh jahon hamjamiyatiga o‘zining qonun-qoidalarini tatbiq etishda davom etmoqda, ular qayta-qayta o‘zgartirib, o‘zlariga mos keladigan tarzda buzib ko‘rsatmoqda.
“Aslida, faqat bitta barqaror qoida bor: buni qiladiganlar uchun hech qanday qoidalar yo‘q. Ular nomaqbul davlatlarga qarshi gibrid urushlar olib borishadi va tiyib turish siyosatini olib borishadi”, — dedi Putin.
Aytilishicha, yaqin kelajakda "Oreshnik" komplekslarini seriyali ishlab chiqarish ta’minlanadi. Strategik yadroviy kuchlar Rossiya suverenitetini himoya qilishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib qolaveradi, ularning salohiyati va rivojlanishi yanada qo‘llab-quvvatlanadi.

“Strategik yadroviy kuchlar tarkibidagi zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikaning ulushi allaqachon 95 foizga yetdi. Strategik bo‘lmagan yadroviy kuchlarni doimiy jangovar shaylikda saqlash va mashg‘ulotlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish muhim. Rossiyada qurollarni, shu jumladan, gipertovushli tizimlarni seriyali ishlab chiqarishning barcha masalalarini tuzatish kerak”, — deyildi yig‘ilishda

Shuningdek, o‘rta masofaga uchuvchi raketalarning uchirilishi va ularning tutib olinishini o‘z vaqtida kuzatishni ta’minlash zarurligi aytildi. Agar AQSh bunday tizimlarni joylashtirishni boshlasa, Rossiya RXIK raketalarini joylashtirishga qo‘ygan ixtiyoriy cheklovlarni bekor qiladi.

“Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, keyinchalik hech kim bizni yadroviy qurolni chalg‘itayotganlikda ayblamasin. Bu yadroviy tiyib turish siyosati”, — dedi Rossiya prezidenti.

Qurolli kuchlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar:
Rossiya o‘z Qurolli kuchlari salohiyatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda, Moskva uchun armiya va flotning izchil va tizimli rivojlanishini davom ettirish muhim;
qurollarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda maxsus harbiy operatsiya tajribasini hisobga olish kerak;
harbiy sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish zarur;
harbiy va mudofaa sanoatining o‘zaro hamkorligi tufayli Rossiyada bir qator qurollarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishning o‘rtacha vaqti beshdan yetti kungacha;
razvedka va yo‘q qilish vositalarini birlashtiruvchi yagona axborot konturini yaratish zarur;
Rossiya o‘z ittifoqchilari bilan harbiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak;
dronlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish zarur.

“O‘sib borayotgan geosiyosiy keskinlikni hisobga olib, biz Rossiya va ittifoqchilarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga majburmiz. Biz buni mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadigan keng ko‘lamli qurollanish poygasiga tortilmasdan, ehtiyotkorlik va puxtalik bilan amalga oshirmoqdamiz, — dedi Rossiya davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maqsadga erishishda birgalikda harakat qilish uchun Rossiya Federatsiyasining butun harbiy tashkilotini yaratish kerak, shu jumladan, bu "xalq mudofaa sanoati"ga ham tegishli.
2024 yilda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan 430 mingdan ortiq fuqaro shartnoma imzoladi, ko‘ngillilar oqimi to‘xtagani yo‘q, bu 2023-yildagi ko‘rsatkichlardan oshib ketmoqda.

“O‘tgan yili 300 ming nafardan ortiq fuqarolarimiz, yigitlarimiz harbiy komissiyalarga kelib, Qurolli Kuchlarimiz safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnoma imzoladi. Bu yil allaqachon 430 mingdan ortiq", — dedi mamlakat yetakchisi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun ijtimoiy kafolatlarni mustahkamlash va rivojlantirish, jumladan, uy-joy va tibbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.
"Joriy yilning o‘zida 55 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar uy-joy bilan ta’minlandi, keyingi uch yilda esa harbiy xizmatchilarga uy-joy subsidiyalari berish uchun yana 113 milliard rubl ajratish rejalashtirilgan", — dedi Putin.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda Rossiya harbiy hamkorligi 100 tadan ortiq davlatni qamrab oldi.

"Qayd etish joizki, kollektiv G‘arbning Rossiyani harbiy hamkorlik nuqtayi nazaridan yakkalab qo‘yishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu yil u yuzdan ortiq mamlakatlarni qamrab oldi. MDH, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasidagi ittifoqchilar va strategik hamkorlar alqalar kengaytirilgan", — dedi Belousov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yigirma bitta xalqaro o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan, qo‘shma havo patrullari amalga oshirilgan.
U, shuningdek, NATOning jangovar tayyorgarligi tizimi bir oy ichida Rossiyaning g‘arbiy chegaralariga 300 ming kishilik qo‘shinni joylashtirishni nazarda tutishini qayd etib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0