Rossiya hududi O‘zbekistondan tajribali tikuvchilarni ishga jalb qilmoqchi

© Sputnik / Baxrom XatamovV trikotajnoy fabrike
V trikotajnoy fabrike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2024
Obuna bo‘lish
"Chirchiq" sanoat parki va Sirdaryo viloyatidagi sanoat parki vakillari Tomsk shahriga borishi rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiyaning Tomsk viloyati tikuvchilik va to‘qimachilik korxonalariga O‘zbekistondan tajribali tikuvchilarni ishga jalb qilmoqchi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Tomsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Vasiliy Potomkin bilan muzokara o‘tkazdi.
Rossiya vakili O‘zbekiston Tomsk viloyatining savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy sohalaridagi asosiy sheriklaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Muloqotda viloyatdagi turli korxonalarga O‘zbekistondan mutaxassislarni ishga jalb qilish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

"O‘zbekiston vakillari nafaqat hududning iqtisodiy rivojlanishiga, balki ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik jarayoniga ham salmoqli hissa qo‘shmoqda", — dedi Potomkin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hududdagi tikuvchilik va to‘qimachilik korxonalariga O‘zbekistondan tajribali tikuvchilarni jalb qilish zarurati bor.
“Tajriba almashish va istiqboldagi vazifalarni muhokama qilish maqsadida "Chirchiq" sanoat parki va Sirdaryo viloyatidagi sanoat parki vakillarining Tomsk shahriga ishchi safarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, har chorakda Tomsk viloyati rahbariyati bilan savdo-iqtisodiy va mehnat migratsiyasi bo‘yicha birgalikdagi ishlarning borishi yuzasidan uchrashuv o‘tkazish muhim.
Konferensiya, posvashennaya vizitu gubernatora Tomskoy oblasti v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2024
Matbuot markazi
Tomsk viloyati gubernatorining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha matbuot anjumani — video
Yangiliklar lentasi
0