Mirziyoyev Putin bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV mejdunarodnom vistavochnom sentre "Kazan Ekspo" glavu nashego gosudarstva privetstvoval Prezident Rossiyskoy Federatsii Vladimir Putin.
V mejdunarodnom vistavochnom sentre Kazan Ekspo glavu nashego gosudarstva privetstvoval Prezident Rossiyskoy Federatsii Vladimir Putin.

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2024
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi hamda BRIKS sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etadi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston yetakchisi BRIKS sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini qutlash marosimida qatnashdi.
"Kazan Ekspo" xalqaro ko‘rgazmalar markazida davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.
Marosimda bir qator mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi. Tadbirdan so‘ng tantanali qabul marosimi o‘tkazildi.
Bugun "BRIKS plyus" formatidagi sammitning asosiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

"O‘zbekiston yetakchisi "BRIKS plyus" formatidagi sammitning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etmoqda.
BRIKS ot pati stran do globalnogo partnerstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2024
Kelajak poydevori: BRIKS nima va u O‘zbekistonga nimasi bilan qiziq?
Yangiliklar lentasi
0