https://oz.sputniknews.uz/20241211/mamarizo-nurmuratov-markaziy-bank-rais-lavozim-ozod-47042173.html
Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etildi
Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etildi
Sputnik O‘zbekiston
Senat Markaziy bank boshqaruvi raisini lavozimdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 11.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-11T14:34+0500
2024-12-11T14:34+0500
2024-12-11T14:42+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
prezident
markaziy bank
sherzod asadov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1197/41/11974169_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_853b14ad9e34e869a963e56464429b32.jpg
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Markaziy banki raisi lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati. Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov prezident yuqori palataga Markaziy bank boshqaruvi raisini egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritgani haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng, yuqori palataning Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Ma’lumot uchun, Mamarizo Nurmuratov 1960-yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan.1977 yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, 1982-yili Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini tamomlagan.1985-1988 yillarda Moskva Moliya instituti aspiranturasida tahsil olgan. Markaziy bank raisi lavozimida 2017-yildan ishlab kelayotgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1197/41/11974169_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c305644c31d1ce21acf75e53cb2af446.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston oliy majlisi senati, prezident, markaziy bank, sherzod asadov
siyosat, o‘zbekiston, o‘zbekiston oliy majlisi senati, prezident, markaziy bank, sherzod asadov
Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etildi
14:34 11.12.2024 (yangilandi: 14:42 11.12.2024) Senat Markaziy bank boshqaruvi raisini lavozimdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Markaziy banki raisi lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi yuqori palata
matbuot xizmati. Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov prezident yuqori palataga Markaziy bank boshqaruvi raisini egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritgani haqida xabar bergan edi.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Senatiga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi", — deb yozadi Sherzod Asadov o‘zining
Telegram-kanalida. Shundan so‘ng, yuqori palataning Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi", — deyiladi Oliy Majlis Senati xabarida.
Ma’lumot uchun, Mamarizo Nurmuratov 1960-yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan.1977 yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, 1982-yili Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini tamomlagan.1985-1988 yillarda Moskva Moliya instituti aspiranturasida tahsil olgan. Markaziy bank raisi lavozimida 2017-yildan ishlab kelayotgan edi.