https://oz.sputniknews.uz/20241208/asad-suriya-vaziyat-47012876.html
Asad davlatni tark etdi, ayrim vazirlar bilan bog‘lanib bo‘lmayapti: Suriyada vaziyat qanday?
Asad davlatni tark etdi, ayrim vazirlar bilan bog‘lanib bo‘lmayapti: Suriyada vaziyat qanday?
Sputnik O‘zbekiston
Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy mamlakat tarixida yangi bosqich boshlanganini ma’lum qildi.
2024-12-08T15:05+0500
2024-12-08T15:05+0500
2024-12-09T10:32+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
suriya
bashar asad
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/60/39/603911_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_0345bc8e4c7f5047523cf5251be06c8c.jpg
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Suriya poytaxti Damashqdagi xalqaro aeroport barcha xodimlar ketgach, o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Suriyaning "Sham FM" radiosiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.Avvalroq xorij OAV Damashq aholisiga tayanib, Suriya poytaxtida otishma ovozlari eshitilgani haqida xabar bergan edi. O‘z navbatida, Livanning "Al Mayadeen" telekanali manbalariga tayanib, suriyalik jangarilar Homs shahriga kirib, uning barcha tumanlarini egallab olgani haqida xabar bergan edi. Homsdan Damashqqa taxminan 150 kilometr."Al Jazeera" telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya harbiylari Damashq markazini tark etmoqda, markaziy televidenie binolari esa go‘yoki begonalar tomonidan egallab olingan. Bundan tashqari, telekanal qurolli terrorchi to‘dalar Suriya poytaxtidagi Seydnaya qamoqxonasini nazoratga olgani va barcha mahbuslarni ozod qilgani haqida xabar berdi.Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy suriyaliklar tanlagan har qanday hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Saudiya Arabistonining "Al Arabiya" telekanali. Shuningdek, u uyda ekanligini va uni tark etish niyatida emasligini bildirdi, u Suriya fuqarolarini hukumat mulkiga zarar yetkazmaslikka chaqirdi.Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya markaziy televideniyesining Damashqdagi binosida begonalar, go‘yoki “muxolifat kuchlari” bor, ularning tarafdorlari esa Suriya poytaxtidagi markaziy Umaviylar maydonida to‘planishmoqda.Suriya prezidenti Bashar Asadga kelsak, OAVga ko‘ra, Suriya armiyasining ismini oshkor etmagan yuqori martabali zobitlariga u Damashqni tark etib, mamlakatdagi harbiy amaliyotlar chog‘ida “noma’lum tomonga” uchib ketganini aytishgan."Flightradar 24" xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Homs shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, soat 2:40 da Damashqdan parvoz qilgan "Syrian Air Il-762 samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Bundan tashqari, u g‘oyib bo‘lgunga qadar 495 metr balandlikda va bunday turdagi samolyot ucha olmaydigan past tezlikda harakatlangan. Samolyotning jo‘nash nuqtasi va manzili noma’lum, bortda kim bo‘lishi mumkinligi ham noma’lum.Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy "Al-Arabiya" telekanaliga telefon orqali mamlakat prezidenti va mudofaa vazirining qayerda ekanligidan xabari yo‘qligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Asad bilan so‘nggi aloqasi shanba oqshomida bo‘lgan.Shuningdek, u mamlakat mudofaa vazirining qayerda ekanligidan bexabar ekanini aytdi. Suriya aloqa vaziri "Al-Arabiya" telekanalida Damashqni egallab olgan qurolli Suriya muxolifati Suriya Vazirlar Mahkamasining Damashqda qolgan a’zolari xavfsizligini kafolatlaganini aytdi.Shuningdek, Muhammad G‘ozi al-Jaloliy telekanalga telefon orqali Suriya tarixida yangi davr boshlanayotganini aytdi.Guruhning tezkor shtab rahbariyatiga ko‘ra, aholiga xizmat ko‘rsatish davom etadi, qasos va qatag‘on bo‘lmaydi.Suriyada davlat televideniyesini egallab olgan qurolli Suriya muxolifati mamlakat ustidan nazorat o‘rnatganliklarini da’vo qilib efirga chiqishdi. Ular ommaviy zo‘ravonlik uyushtirmaslikka chaqirgan.Kan davlat teleradiokompaniyasi Suriyadagi manbalarga tayanib, Isroil tanklari qo‘shni davlatdagi voqealar fonida Jo‘lon tepaliklari mudofaasini kuchaytirish maqsadida yakshanba kuni ertalab Suriya bilan chegaradagi bufer zonaga kirgani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, shanba kuni kechqurun Suriya armiyasi bosh qo‘mondonligi harbiylar Hama, Homs va Dara viloyatlarida qurolli Suriya muxolifatiga zarba berishda davom etayotganini ma’lum qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/60/39/603911_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_5534a7a38bdfac7251f8149cf85737e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
suriya bosh vaziri asad bashar yangiliklar xabarlar davlat to‘ntarilishi asadlar sulolasi yakun ma’lumot
suriya bosh vaziri asad bashar yangiliklar xabarlar davlat to‘ntarilishi asadlar sulolasi yakun ma’lumot
Asad davlatni tark etdi, ayrim vazirlar bilan bog‘lanib bo‘lmayapti: Suriyada vaziyat qanday?
15:05 08.12.2024 (yangilandi: 10:32 09.12.2024) Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy mamlakat tarixida yangi bosqich boshlanganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Suriya poytaxti Damashqdagi xalqaro aeroport barcha xodimlar ketgach, o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Suriyaning "Sham FM" radiosiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“Xalqaro aeroportning barcha xodimlari evakuatsiya qilindi, uning ishi to‘liq to‘xtatildi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq xorij OAV Damashq aholisiga tayanib, Suriya poytaxtida otishma ovozlari eshitilgani haqida xabar bergan edi. O‘z navbatida, Livanning "Al Mayadeen" telekanali manbalariga tayanib, suriyalik jangarilar Homs shahriga kirib, uning barcha tumanlarini egallab olgani haqida xabar bergan edi. Homsdan Damashqqa taxminan 150 kilometr.
"Al Jazeera" telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya harbiylari Damashq markazini tark etmoqda, markaziy televidenie binolari esa go‘yoki begonalar tomonidan egallab olingan. Bundan tashqari, telekanal qurolli terrorchi to‘dalar Suriya poytaxtidagi Seydnaya qamoqxonasini nazoratga olgani va barcha mahbuslarni ozod qilgani haqida xabar berdi.
Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy suriyaliklar tanlagan har qanday hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Saudiya Arabistonining "Al Arabiya" telekanali. Shuningdek, u uyda ekanligini va uni tark etish niyatida emasligini bildirdi, u Suriya fuqarolarini hukumat mulkiga zarar yetkazmaslikka chaqirdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya markaziy televideniyesining Damashqdagi binosida begonalar, go‘yoki “muxolifat kuchlari” bor, ularning tarafdorlari esa Suriya poytaxtidagi markaziy Umaviylar maydonida to‘planishmoqda.
Suriya prezidenti Bashar Asadga kelsak, OAVga ko‘ra, Suriya armiyasining ismini oshkor etmagan yuqori martabali zobitlariga u Damashqni tark etib, mamlakatdagi harbiy amaliyotlar chog‘ida “noma’lum tomonga” uchib ketganini aytishgan.
"Flightradar 24" xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Homs shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, soat 2:40 da Damashqdan parvoz qilgan "Syrian Air Il-762 samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Bundan tashqari, u g‘oyib bo‘lgunga qadar 495 metr balandlikda va bunday turdagi samolyot ucha olmaydigan past tezlikda harakatlangan. Samolyotning jo‘nash nuqtasi va manzili noma’lum, bortda kim bo‘lishi mumkinligi ham noma’lum.
Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy "Al-Arabiya" telekanaliga telefon orqali mamlakat prezidenti va mudofaa vazirining qayerda ekanligidan xabari yo‘qligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Asad bilan so‘nggi aloqasi shanba oqshomida bo‘lgan.
“Men Damashqda qolaman va ketmaslik haqida asosiy qarorga keldim. Shuningdek, Suriyada 18 vazir qolmoqda, men ularning kamida yarmi bilan bog‘lana oldim”, — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.
Shuningdek, u mamlakat mudofaa vazirining qayerda ekanligidan bexabar ekanini aytdi. Suriya aloqa vaziri "Al-Arabiya" telekanalida Damashqni egallab olgan qurolli Suriya muxolifati Suriya Vazirlar Mahkamasining Damashqda qolgan a’zolari xavfsizligini kafolatlaganini aytdi.
Shuningdek, Muhammad G‘ozi al-Jaloliy telekanalga telefon orqali Suriya tarixida yangi davr boshlanayotganini aytdi.
“Suriya tarixida yangi bosqich boshlanmoqda. Umid qilamizki, plyuralizm davri kelmoqda”, — dedi al-Jaloliy.
Guruhning tezkor shtab rahbariyatiga ko‘ra, aholiga xizmat ko‘rsatish davom etadi, qasos va qatag‘on bo‘lmaydi.
Suriyada davlat televideniyesini egallab olgan qurolli Suriya muxolifati mamlakat ustidan nazorat o‘rnatganliklarini da’vo qilib efirga chiqishdi. Ular ommaviy zo‘ravonlik uyushtirmaslikka chaqirgan.
Kan davlat teleradiokompaniyasi Suriyadagi manbalarga tayanib, Isroil tanklari qo‘shni davlatdagi voqealar fonida Jo‘lon tepaliklari mudofaasini kuchaytirish maqsadida yakshanba kuni ertalab Suriya bilan chegaradagi bufer zonaga kirgani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, shanba kuni kechqurun Suriya armiyasi bosh qo‘mondonligi harbiylar Hama, Homs va Dara viloyatlarida qurolli Suriya muxolifatiga zarba berishda davom etayotganini ma’lum qildi.