Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukraina mojarosida ishonchli g‘alaba qozonmoqda — “Strategic Culture”

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota artilleriyskix raschetov v zone SVO
Rabota artilleriyskix raschetov v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2024
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, muvaffaqiyatsizliklar fonida NATO Suriyada Rossiyaga qarshi ikkinchi front ochishga harakat qilmoqda.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Ukraina ittifoqchilari proksi urushda yutqazmoqda, Rossiya esa maxsus harbiy operatsiya oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda, deb yozadi “Strategic Culture”.
“Ukrainadagi NATO homiyligidagi proksi urush AQSh va uning Yevropadagi hamkorlari uchun juda yomon ketmoqda. Rossiya bu urushda ishonchli g‘alaba qozonmoqda”, - deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, muvaffaqiyatsizliklar fonida NATO terrorchilik harakatlarida Ukraina bo‘linmalari ishtirokida Suriyada Rossiyaga qarshi ikkinchi front ochishga harakat qilmoqda.
Noyabr oyi oxirida Zelenskiy “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi evaziga o‘t ochishni to‘xtatish va ayrim hududlardan voz kechishga rozi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainaning NATOga ehtimoliy a’zo bo‘lishi mamlakat xavfsizligiga tahdid ekanligini ta’kidlagan edi. Uning aytishicha, Kiyevning alyansga qo‘shilishidagi xavflar maxsus harbiy operatsiya boshlanishining sabablaridan biri bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0