https://oz.sputniknews.uz/20241206/tanzila-narbaeva-pokiston-elchisi-46968315.html
Tanzila Narbayeva Pokiston elchisi bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?
Tanzila Narbayeva Pokiston elchisi bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?
Sputnik O‘zbekiston
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barqaror rivojlanib borayotganini, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida faol hamkorlik amalga oshirilayotganini qayd etdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni bajarishga e’tibor qaratildi, bu jarayonda parlamentlar muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
2024-12-06T11:24+0500
2024-12-06T11:24+0500
2024-12-06T11:24+0500
siyosat
o‘zbekiston
pokiston
tanzila norboyeva
elchi
uchrashuv
hamkorlik
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/06/46967849_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_26075630c927921c6a95481e1aa14ef2.jpg
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Pokistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishda muhim o‘rin tutadigan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar mazkur sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishiga, ikki davlat xalqlari manfaatlari yo‘lida belgilangan rejalar faol amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20241117/transport-logistika-pokiston-ozbekiston-46660505.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/06/46967849_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3630ec45e07c30b0fcd8897d62d7f842.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tanzila narbayeva pokiston elchisi
tanzila narbayeva pokiston elchisi
Tanzila Narbayeva Pokiston elchisi bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?
Savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Pokistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barqaror rivojlanib borayotganini, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida faol hamkorlik amalga oshirilayotganini qayd etdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni bajarishga e’tibor qaratildi, bu jarayonda parlamentlar muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishda muhim o‘rin tutadigan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar mazkur sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishiga, ikki davlat xalqlari manfaatlari yo‘lida belgilangan rejalar faol amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.