Transport-logistika: Pokiston O‘zbekiston orqali qo‘shni mintaqalardagi bozorlarga chiqmoqchi

© MIVT UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Pakistana
Flagi Uzbekistana i Pakistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2024
Obuna bo‘lish
Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda yangi logistika markazini tashkil etish etish ustida ish olib bormoqda.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Pokistonning transport-logistika kompaniyasi O‘zbekistondagi hamkorlari orqali Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalardagi yangi bozorlarga chiqmoqchi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Alisher Tuxtayev Pokistonning Ravalpindi shahrida "National Logistics Corporation" (NLC) transport-logistika kompaniyasi rahbari Farrux Shahzad Rao bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, hozirda kompaniya Toshkentdagi ofisini yanada obodonlashtirish, Termizdagi "Xalqaro Kargo markazi" hududidagi omborni kengaytirish va yangi logistika markazini tashkil etish ustida ish olib bormoqda.
"O‘zbekiston Pokiston uchun qulay logistik xab hisoblanadi. Strategik hamkorimizning transport-tranzit imkoniyatlaridan foydalangan holda MDH va Yevropa mamlakatlariga chiqish, yuk tashuvlari geografiyamizni kengaytirish bugungi kunda kompaniyamiz oldida turgan asosiy maqsad hisoblanadi", — dedi Farrux Shahzad Rao.
Aytilishicha, uchrashuv yakunida kompaniyaning O‘zbekistondagi hamkorlari orqali Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalarga transport-logistika operatsiyalarini kengaytirish hamda yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha kelishib olindi.
Muloqotda muhokama etilgan masalalar:
iqtisodiy munosabatlar darajasini yuksaltirish;
savdo hajmini oshirish;
tovarlar nomenklaturasini kengaytirish;
logistika, bojxona tekshiruvlari va tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib berish mexanizmlarini takomillashtirish.
Yangiliklar lentasi
0