https://oz.sputniknews.uz/20241205/namangan-rossiya-talim-markaz-46963044.html
Namanganda Rossiyaning ta’lim markazi ochiladi — tafsilotlar
Namanganda Rossiyaning ta’lim markazi ochiladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Namanganda Rossiya davlat pedagogika universitetining ta’lim markazi tashkil etiladi. 05.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-05T18:29+0500
2024-12-05T18:29+0500
2024-12-05T18:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbekiston - rossiya
ta’lim
namangan viloyati
rus tili
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/05/46962438_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_dcd56f57079c625a97d38bbf4967fe30.jpg
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Namangan davlat pedagogika instituti negizida Rossiya davlat pedagogika universitetining ta’lim markazi tashkil etiladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi. Rossiya davlat pedagogika universiteti Namangan davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik qilish va uning negizida rus tilida ta’lim va rus tilini o‘qitish bo‘yicha Ochiq ta’lim markazini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasiga universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Murodxon Qodirxonov boshchilik qildi. Qayd etilishicha, Namangan davlat pedagogika instituti va Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida imzolangan shartnoma har ikki ta’lim muassasasi uchun yangi istiqbollarni ochadi. Rossiya davlat pedagogika universiteti qoshida rus tilida ta’lim va rus tilini o‘qitish bo‘yicha ochiq ta’lim markazlari xorijda faol ochilmoqda. Bunday markazlar allaqachon to‘rtta davlatda – Laos, Xitoy, Vyetnam va O‘zbekistonda ochilgan. Markazlar Rossiya Ta’lim vazirligining rus tili va madaniyatini xorijda ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlari doirasida tashkil etilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20241031/toshkent-rossiya-pedagogika-universiteti-filial-46408405.html
o‘zbekiston
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/05/46962438_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f4431b67c794c023fd141b59785bef67.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, o‘zbekiston - rossiya, ta’lim, namangan viloyati, rus tili, hamkorlik
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, o‘zbekiston - rossiya, ta’lim, namangan viloyati, rus tili, hamkorlik
Namanganda Rossiyaning ta’lim markazi ochiladi — tafsilotlar
Namanganda Rossiya davlat pedagogika universitetining ta’lim markazi tashkil etiladi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Namangan davlat pedagogika instituti negizida Rossiya davlat pedagogika universitetining ta’lim markazi tashkil etiladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
xabar berdi. Rossiya davlat pedagogika universiteti Namangan davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik qilish va uning negizida rus tilida ta’lim va rus tilini o‘qitish bo‘yicha Ochiq ta’lim markazini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasiga universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Murodxon Qodirxonov boshchilik qildi.
“Biz institutimiz bilan Gersen universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan, ayniqsa, uning negizida rus tilidan test sinovlarini o‘tkazish va rus tili kurslarini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan markaz ochishdan manfaatdormiz. Shuningdek, Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari tomonidan ham shaxsan, ham masofadan turib o‘tkaziladigan mahorat darslarini o‘tkazish biz uchun qiziqarli bo‘lardi”, — dedi Murodxon Qodirxonov.
Qayd etilishicha, Namangan davlat pedagogika instituti va Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida imzolangan shartnoma har ikki ta’lim muassasasi uchun yangi istiqbollarni ochadi.
Rossiya davlat pedagogika universiteti qoshida rus tilida ta’lim va rus tilini o‘qitish bo‘yicha ochiq ta’lim markazlari xorijda faol ochilmoqda. Bunday markazlar allaqachon to‘rtta davlatda – Laos, Xitoy, Vyetnam va O‘zbekistonda ochilgan. Markazlar Rossiya Ta’lim vazirligining rus tili va madaniyatini xorijda ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlari doirasida tashkil etilmoqda.