https://oz.sputniknews.uz/20241031/toshkent-rossiya-pedagogika-universiteti-filial-46408405.html
Toshkentda Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining yangi kampusi ochildi
Toshkentda Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining yangi kampusi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Chernishenko: rus tili mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi. 31.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-31T18:03+0500
2024-10-31T18:03+0500
2024-10-31T18:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
ta’lim
otm
talabalar
o‘qituvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1f/46407731_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3e2db61f54a658ed4285aa6a49f7f71b.jpg
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Toshkentda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining yangi kampusi ochilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko “filialda keyinchalik farzandlarimizga ta’lim beradigan o‘qituvchilar tayyorlanadi, bu biz kiritgan eng muhim investitsiyadir”, deb aytdi.Aytilishicha, hozirda filialda 1,1 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Yaqin kelajakda ularning sonini yanada oshirish rejalashtirilgan.Bosh vazir o‘rinbosari bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali faoliyat yuritayotganini ta’kidladi.Rossiya ta’lim vazirining qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda ikki davlat o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Respublika yaqin va uzoq xorij mamlakatlari orasida Rossiya universitetlarida talabalar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi - qariyb 53 ming kishi.Shuningdek, tashrif davomida Rossiyaning gumanitar loyihalarida ishtirok etayotgan o‘qituvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda o‘qituvchilar, masalan, “Malish” (Kichkintoy) va “Klass!” (Zo‘r)loyihalari doirasida O‘zbekiston va Rossiya ta’lim muassasalari o‘rtasida amaliyot o‘tashni taklif qilishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20241031/toshkent-dmitriy-chernishenko-aleksey-chekunov-tashrif-46401461.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1f/46407731_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_38e4096002d6c2ff3067b9f0133888eb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, ta’lim, otm, talabalar, o‘qituvchilar
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, ta’lim, otm, talabalar, o‘qituvchilar
Toshkentda Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining yangi kampusi ochildi
Eksklyuziv
Dmitriy Chernishenko: rus tili mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Toshkentda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining yangi kampusi ochilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko “filialda keyinchalik farzandlarimizga ta’lim beradigan o‘qituvchilar tayyorlanadi, bu biz kiritgan eng muhim investitsiyadir”, deb aytdi.
“Rossiya va O‘zbekiston uchun millatlararo muloqot tili bo‘lgan rus tili mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi”, — dedi Chernishenko.
Aytilishicha, hozirda filialda 1,1 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Yaqin kelajakda ularning sonini yanada oshirish rejalashtirilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali faoliyat yuritayotganini ta’kidladi.
Rossiya ta’lim vazirining qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda ikki davlat o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Respublika yaqin va uzoq xorij mamlakatlari orasida Rossiya universitetlarida talabalar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi - qariyb 53 ming kishi.
Shuningdek, tashrif davomida Rossiyaning gumanitar loyihalarida ishtirok etayotgan o‘qituvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda o‘qituvchilar, masalan, “Malish” (Kichkintoy) va “Klass!” (Zo‘r)loyihalari doirasida O‘zbekiston va Rossiya ta’lim muassasalari o‘rtasida amaliyot o‘tashni taklif qilishdi.