Alisher Usmonov FIE prezidentligidan ketdi — sabab

© Sputnik / Grigoriy SisoyevFextovanie. Chempionat mira. Chetvertiy den
Fextovanie. Chempionat mira. Chetvertiy den - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2024
Obuna bo‘lish
Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatdi.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Alisher Usmonov o‘z xohishi bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidentligidan ketdi. Bu haqda RIA Novostiga Usmonovning vakili ma’lum qildi.
Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov o‘ziga qo‘yilgan sanksiyalar tashkilotga ham qo‘llanilmasligi uchun FIE prezidenti lavozimidagi faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatdi.
Usmonov 30-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan tashkilot kongressida FIE rahbari lavozimiga qayta saylangan edi. Chorshanba kuni ma’lum bo‘lishicha, ertasi kuni u o‘z vakolatlarini ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan.

"O‘zining so‘zsiz g‘alabasidan so‘ng Alisher Usmonov FIE manfaatlarini hisobga olgan holda FIE va uning faoliyatiga nisbatan qonuniy ravishda amalga oshirilmagan sanksiyalar tarqalishining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishini aytdi va shu munosabat bilan FIE ijroiya qo‘mitasini o‘z vakolatlarini ixtiyoriy ravishda to‘xtatib turish to‘g‘risida xabardor qildi. Hammasi qonun va adolat doirasida hal qilinishi kerak”, — dedi Usmonov vakili.

2008 yilda FIEda prezidentlik faoliyatini boshlaganidan so‘ng Usmonov ketma-ket uch marta rahbarlik lavozimiga qayta saylangan, biroq Ukrainadagi vaziyat tufayli 2022-yilda uni tark etgan. Usmonov FIE prezidenti lavozimidagi faoliyatini “adolat tiklanmaguncha” to‘xtatdi.
2024 yil oktabr oyi oxirida Usmonov FIE prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi. Uning nomzodi 100 tadan ortiq mamlakat qilichbozlik federatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Uzbekskoe derbi v finale etapa Kubka mira po fextovaniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2024
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0