Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi

© NOKUzbekskoe derbi v finale etapa Kubka mira po fextovaniyu
Uzbekskoe derbi v finale etapa Kubka mira po fextovaniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2024
Obuna bo‘lish
Rejaga ko‘ra, musobaqa yoz faslida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Toshkent 2027-yilgi qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatini qabul qiladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Avval xabar qilinganidek, Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Unda Alisher Usmonov yana bir bor ushbu tashkilot rahbari etib saylandi.
Tadbir davomida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari orasidan joy oldi.
“Yana bir ahamiyatli jihati, poytaxtimiz 2027-yil kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini qabul qiladigan bo‘ldi. Rejaga ko‘ra, musobaqa 20-28 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tadbirda yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar o‘rtasida jahon reytingini peshqadam sifatida yakunlagan sablyachi Fernanda Errera mukofotlandi.
Yangiliklar lentasi
0