https://oz.sputniknews.uz/20241204/ozbekiston-kuvayt-migratsiyasi-hamkorlik-46949850.html
O‘zbekiston fuqarolari Kuvaytga ishga yuborilishi mumkin — tafsilotlar
O‘zbekiston fuqarolari Kuvaytga ishga yuborilishi mumkin — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Kuvayt migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi. 04.12.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-12-04T13:40+0500
2024-12-04T13:40+0500
2024-12-04T13:40+0500
migratsiya
o‘zbekiston
kuvayt
hamkorlik
elchixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/19/28526674_0:120:3213:1927_1920x0_80_0_0_4d1fe0176a41100d32db967053612c70.jpg
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Ishchi kuchi bo‘yicha bosh qo‘mitasi direktori Marzuq al-Utaybiy bilan uchrashdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.Tomonlar migratsiya sohasida hamkorlikni jadallashtirish, Kuvaytning turli davlat va xususiy sektorlarida O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilishdi.Marzuq al-Utaybiy Kuvaytdagi mehnat bozori ehtiyojlari asosida zarur mutaxassisliklar bo‘yicha malakali xorijiy ishchi kuchini yollash jarayonini rivojlantirish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar olib borilayotganini bildirdi. Hozirgi kunda Kuvayt mehnat bozorida asosan sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ishchi kuchiga ehtiyoj borligi ma’lum qilindi.Uchrashuvda ushbu sohalarda O‘zbekiston fuqarolarini Kuvaytda ish bilan ta’minlash uchun ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratishning muhimligi ta’kidlandi.
o‘zbekiston
kuvayt
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/19/28526674_240:0:2971:2048_1920x0_80_0_0_5a7ce625776dbfe2f2abacd8ae015a75.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, o‘zbekiston, kuvayt, hamkorlik, elchixona
migratsiya, o‘zbekiston, kuvayt, hamkorlik, elchixona
O‘zbekiston fuqarolari Kuvaytga ishga yuborilishi mumkin — tafsilotlar
O‘zbekiston va Kuvayt migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Ishchi kuchi bo‘yicha bosh qo‘mitasi direktori Marzuq al-Utaybiy bilan uchrashdi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. Tomonlar migratsiya sohasida hamkorlikni jadallashtirish, Kuvaytning turli davlat va xususiy sektorlarida O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilishdi.
Marzuq al-Utaybiy Kuvaytdagi mehnat bozori ehtiyojlari asosida zarur mutaxassisliklar bo‘yicha malakali xorijiy ishchi kuchini yollash jarayonini rivojlantirish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar olib borilayotganini bildirdi.
Hozirgi kunda Kuvayt mehnat bozorida asosan sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ishchi kuchiga ehtiyoj borligi ma’lum qilindi.
“Muloqotda ikki davlatning tegishli tashkilotlari o‘rtasida xususiy sektorda ishchi kuchi bilan almashish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqish va imzolash, shuningdek, tomonlar o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida ahdlashib olindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda ushbu sohalarda O‘zbekiston fuqarolarini Kuvaytda ish bilan ta’minlash uchun ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratishning muhimligi ta’kidlandi.