Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolari ehtiyotkorlikka chaqirildi

© Sputnik / Ramil SitdikovFlag Respubliki Koreya v Seule.
Flag Respubliki Koreya v Seule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2024
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 3-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi.

“Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘ligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilish so‘ralgan:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334
Mamlakatning "Ronxap" agentligiga ko‘ra, chorshanbaga o‘tar kechasi Janubiy Koreya prezidenti “Shimoliy Koreyani qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarni tozalash va liberal konstitutsiyaviy tuzumni saqlab qolish uchun” harbiy holat joriy etilganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga qarshi impichment jarayonini o‘tkazishga urinishlar hokimiyatni falaj qilish bilan tahdid qilmoqda.
Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni bekor qilishga ovoz berdi. Yig‘ilishda 300 nafar deputatdan 190 nafari ishtirok etdi va ularning barchasi bir ovozdan ovoz berdi.
Koreya Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament ko‘pchilik ovoz bilan uning joriy etilishiga qarshi ovoz berganidan keyin prezident mamlakatda harbiy holatni bekor qilishi shart. Ovoz berishdan uch soatdan ko‘proq vaqt o‘tgach, prezident harbiy holatni bekor qilishga va’da berdi. Qurolli kuchlarda tuzilgan harbiy holat qo‘mondonligi tugatildi.
Janubiy Koreyaning muxolif partiyalari, jumladan, asosiy Birlashgan demokratik partiyasi prezident, mudofaa, ichki ishlar va xavfsizlik vazirlariga impichment joriy etishni taklif qiladi. Ma’lum qilinishicha, demokratlar mamlakat prezidenti va boshqa rasmiylarni davlat to‘ntarishiga urinishda ayblash va impichment jarayonini boshlash niyatida.
Yangiliklar lentasi
0