O‘zbekiston tog‘-kon va geologiya bo‘yicha loyihalarga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilmoqchi

© Sputnik / V. Beliy / Mediabankka o‘tishNefterazvedka
Nefterazvedka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2024
Obuna bo‘lish
Oxirgi besh yilda tog‘-kon va metallurgiyaga qariyb 9,5 milliard dollar investitsiya jalb qilingan.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Kelasi yilda tog‘-kon va geologiya sohasidagi loyihalarga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan metallurgiya korxonalarining transformatsiya dasturlari hamda 2025-yilgi rejalariga oid yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Aytilishicha, so‘nggi 7 yilda bu sohada ishlab chiqarish 1,5 barobar o‘sgan. Xususan, yillik oltin qazib olish hajmi 2016-yilga nisbatan 26 tonnaga, kumush 77 tonnaga, mis 32 ming tonnaga oshgan.
Oxirgi besh yilda tog‘-kon va metallurgiyaga qariyb 9,5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 15 ta yirik loyiha ishga tushirildi. Natijada bu soha iqtisodiyotni transformatsiya qilishda eng muhim drayverga aylanmoqda. Mamlakat sanoati hajmining uchdan biri uning hissasiga to‘g‘ri kelayapti.
Tog‘-kon sanoati elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, zargarlik kabi tarmoqlar uchun xomashoni ko‘paytirib, ularning o‘sishiga katta turtki bermoqda. Shuningdek, kombinatlar 60 tadan ortiq kichik va o‘rta korxonalar bilan kooperatsiya asosida yaqindan ishlamoqda.
“2025 yilda tog‘-kon va geologiya sohasidagi loyihalarga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Kaolin ishlab chiqarishni 50 foiz oshirish, ko‘mir qazib olishni 10 million tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati bu yil ilk bor xalqaro bozorda yevrobond joylashtirib, 1 milliard dollar arzon resurs jalb qildi. Kelgusi yil yana 500 million dollar yevrobond chiqarish rejalashtirilgan”, — deyilgan xabarda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini hamda O‘zbekiston metallurgiya kombinatida yangi quyuv prokatlash majmuasi ishga tushiriladi. O‘zbekiston texnologik metallar kombinatida “yashil iqtisodiyot” uchun muhim bo‘lgan noyob metallar xomashosi kengaytiriladi.
Davlat rahbari kelgusi yilda kombinatlar transformatsiya orqali dunyo bozorida raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha katta o‘zgarish qilishi zarurligini ta’kidladi.
Bunda tannarxni tushirish, faoliyatni to‘liq raqamlashtirish, xalqaro bozorlardan mablag‘ olib kelish, yangi texnologiyalarni joriy qilib, ish jarayonini avtomatlashtirish eng muhim vazifalar ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Na Almalikskom gorno-metallurgicheskom kombinate nachato stroitelstvo 4-y medno-obogatitelnoy fabriki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2024
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
Yangiliklar lentasi
0