https://oz.sputniknews.uz/20241016/olmaliq-kon-metallurgiya-kombinat-4-mis-boyitish-fabrika-46145130.html
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5-mis boyitish fabrikasi ham loyihalashtirilmoqda. 16.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-16T11:30+0500
2024-10-16T11:30+0500
2024-10-16T11:30+0500
iqtisod
o‘zbekiston
olmaliq mis boyitish fabrikasi
olmaliq kmk
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/10/46142468_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_dcef2c4adf8cea6cd4ae487024389fd3.jpg
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi.Aytilishicha, 2021-yilda “Yoshlik-1” koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlangan edi. Endi bu loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi.Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, ushbu yangi zavod qurilishini boshlab berdi.Loyihaga xorijning “Wood” va “Worley Parsons” kompaniyalari jalb qilingan. Ishlab chiqarishda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llanishini belgilangan.Ma’lumot uchun, so‘nggi olti yilda Olmaliq kombinatida sanoat mahsuloti 1,8 baravar, mahalliylashtirish 7,7 baravar, investitsiya 13 baravar oshgan. “Raqamli OKMK – 2030” strategiyasi doirasida 70 dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/10/46142468_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e62891904e290334b0c07e9a51fde1fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, olmaliq mis boyitish fabrikasi, olmaliq kmk, shavkat mirziyoyev
iqtisod, o‘zbekiston, olmaliq mis boyitish fabrikasi, olmaliq kmk, shavkat mirziyoyev
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
Hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5-mis boyitish fabrikasi ham loyihalashtirilmoqda.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi, deya xabar berdi prezident
matbuot xizmati. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
Aytilishicha, 2021-yilda “Yoshlik-1” koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlangan edi. Endi bu loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi.
Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, ushbu yangi zavod qurilishini boshlab berdi.
“Qiymati 5,3 milliard dollarlik bu loyiha orqali yiliga 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin va 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 1,9 milliard dollarga yetadi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kishi ishlaydi”, — deyiladi xabarda.
Loyihaga xorijning “Wood” va “Worley Parsons” kompaniyalari jalb qilingan. Ishlab chiqarishda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llanishini belgilangan.
“Hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5-mis boyitish fabrikasi ham loyihalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, so‘nggi olti yilda Olmaliq kombinatida sanoat mahsuloti 1,8 baravar, mahalliylashtirish 7,7 baravar, investitsiya 13 baravar oshgan. “Raqamli OKMK – 2030” strategiyasi doirasida 70 dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan.