Hukumat a’zolari tayinlandi — ular kimlar?

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki UzbekistanZakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki Uzbekistan
Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumatidagi barcha vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tegishli qarorlari bilan Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar ma’qullandi. Shundan so‘ng, mamlakat prezidenti "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi a’zolari etib tayinlandi:
1.
Achilbay Jumaniyazovich Ramatov – O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari;
2.
Djamshid Anvarovich Kuchkarov – O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri;
3.
Jamshid Abduxakimovich Xodjayev – O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari;
4.
Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova – O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
5.
Laziz Shavkatovich Kudratov – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
6.
Botir Erkinovich Zaxidov – O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;
7.
Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri;
8.
Shavkat Raximovich Xamrayev – O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri;
9.
Sherzod Saidjanovich Xidoyatov – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;
10.
Ilxam Rustamovich Maxkamov – O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri;
11.
Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov – O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri;
12.
Bobir Farxadovich Islamov – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;
13.
Sherzod Xotamovich Shermatov – O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri;
14.
Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;
15.
Asilbek Anvarovich Xudayarov – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri;
16.
Xilola Uktamovna Umarova – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;
17.
Kongratbay Avezimbetovich Sharipov – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
18.
Adxam Ilxamovich Ikramov – O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri;
19.
Ozodbek Axmadovich Nazarbekov – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri;
20.
Akbar Djurabayevich Tashkulov – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri;
21.
Baxtiyor Odilovich Saidov – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri;
22.
Abdulla Xamidullayevich Kuldashev – O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri;
23.
Po‘lat Razzaqovich Bobojonov – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri;
24.
Baxodir Nizamovich Kurbanov – O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.
Shunday qilib, O‘zbekiston hukumatidagi barcha vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Konstitutsiyaning 94-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston prezidentining taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash Qonunchilik palatasining mutlaq vakolati hisoblanadi.
Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2024
Deputatlar Abdulla Aripovni bosh vazir lavozimiga ma’qullashdi
Yangiliklar lentasi
0