Senat oldida turgan dolzarb vazifalar ma’lum qilindi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV gorode Tashkent sostoyalos pervoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Toshkentda Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Yalpi majlisda Markaziy saylov komissiyasi raisi Oliy Majlis Senatiga saylov natijalari to‘g‘risida axborot berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV gorode Tashkent sostoyalos pervoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan.
V gorode Tashkent sostoyalos pervoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 4 kishidan saylandi. Yana 9 nafar senator O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan tayinlandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, oxirgi besh yilda yuqori palata tomonidan 106-marta hisobotlar eshitilgan, ijro organlariga 1 ming 300 ta so‘rov kiritilgan. O‘tgan davrda xorijiy davlatlar bilan parlamentlararo do‘stlik guruhlari soni 26 tadan 73 taga yetgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV gorode Tashkent sostoyalos pervoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan.
V gorode Tashkent sostoyalos pervoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Senat oldida turgan dolzarb vazifalar ma’lum qilindi:
1.
Qonunlarni muhokama qilishda yangicha mexanizmlarni joriy etish. Ayniqsa, qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy kengashlarni keng jalb etish, har bir qonun bo‘yicha ularning fikrini olish amaliyotini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, qonunlarda hududiy va umumdavlat manfaatlari uyg‘un bo‘lishiga erishish. 2.
Mahalliy kengashlar faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish Senatning ustuvor vazifasi bo‘lishi kerak. Ma’lumki, endi xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hokimlar emas, balki deputatlar orasidan saylangan kengash raislari boshchilik qiladi. Shuningdek, Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvi kabi yangi mexanizmlar orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi. 2026-yildan boshlab tuman va shahar Kengashlariga ham hokimlar raislik qilmaydi. 3.
Tuman va shaharlar budjeti munosabatlarida ham mahalliy kengashlar juda katta vakolatlarga ega. Bundan oqilona foydalanib, aholini qiynayotgan masalalarni hal etish, Senat esa bu yo‘nalishlarda mahalliy kengashlarga ko‘maklashib borishi zarur. 4.
Yangilangan Konstitutsiyada Senatga mahalliy Kengashlarning qarorlari qonunchilikka muvofiq bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha katta mas’uliyat yuklatilgan. Senat bu borada ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha samarali tizim yaratishi kerak. 5.
Senat qo‘mitalari – yuqori palataning yuragi, harakatlantiruvchi kuchidir. Shu bois, qo‘mitalardagi eshituv instituti asoslarini qonun darajasida mustahkamlab qo‘yish vaqti keldi. 6.
Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi dastur va rejalarni to‘liq ro‘yobga chiqarishda senatorlarning ishtiroki juda muhim. 7.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha parlament nazoratini, butun jamiyatimiz ishtirokini yanada kuchaytirish zarur. Senat aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, yosh avlod ongiga qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat tushunchalarini singdirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak. 8.
Senat tomonidan Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini saylash tizimi yo‘lga qo‘yilgani sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunda Senat faqat nomzodlarni tasdiqlash bilan cheklanmay, ularning faoliyati bilan tanishib, xulosa berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarur. Kun tartibiga muvofiq, Senatda 7 ta qo‘mita va bitta komissiya tuzildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarorlari qabul qilindi.