https://oz.sputniknews.uz/20241119/tanzila-narbaeva-senat-rais-46689001.html
Tanzila Narbayeva Senat raisi etib qayta saylandi
Tanzila Narbayeva Senat raisi etib qayta saylandi
Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Narbayeva Oliy Majlis Senatining raisi etib qayta saylandi. U 1957-yilda tug‘ilgan. Hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. U 2019-yilda Oliy majlis Senati raisi lavozimiga saylangan edi (2020 yil yanvar oyida qayta saylangan).
2024-11-19T13:57+0500
2024-11-19T13:57+0500
2024-11-19T15:16+0500
siyosat
o‘zbekiston
senatorlar
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26015208_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_15ac4e98dd79ffa868670d7ff47847aa.jpg
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Tanzila Narbayeva Oliy Majlis Senatining raisi etib qayta saylandi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi.Toshkentda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, prezident Oliy Majlis Senati raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi. Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani ta’kidlandi. Shuningdek, Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi va ular ushbu lavozimlarga saylandi.Prezident senatorlar tomonidan Senat raisi va uning o‘rinbosarlari etib saylangan Tanzila Narbayeva, Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayevni ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi. Davlat rahbari ular bor bilim va tajribasi, kuch va imkoniyatini ishga solib, mamlakat hayotida, Senat faoliyatida yangi, yorqin sahifa ochishiga ishonch bildirdi.Tanzila Narbayeva 1957-yilda tug‘ilgan. Hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. U 2019-yilda Oliy majlis Senati raisi lavozimiga saylangan edi (2020 yil yanvar oyida qayta saylangan).
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26015208_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d215d68523b65e3148a1311957c2b5ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tanzila narbayeva senat raisi ma’lumot biografiya
tanzila narbayeva senat raisi ma’lumot biografiya
Tanzila Narbayeva Senat raisi etib qayta saylandi
13:57 19.11.2024 (yangilandi: 15:16 19.11.2024) Toshkentda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Tanzila Narbayeva Oliy Majlis Senatining raisi etib qayta saylandi, deya xabar berdi prezident
matbuot kotibi. Toshkentda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, prezident Oliy Majlis Senati raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi.
Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, o‘tgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini ta’minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani ta’kidlandi.
Shuningdek, Senat raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat raisining o‘rinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi va ular ushbu lavozimlarga saylandi.
Prezident senatorlar tomonidan Senat raisi va uning o‘rinbosarlari etib saylangan Tanzila Narbayeva, Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayevni ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi.
“O‘zingiz bir tasavvur qiling – 37 millionlik xalqdan faqatgina 65 nafar insonga senator bo‘lishdek yuksak sharaf va baxt nasib etdi. Bu ulkan ishonch va mas’uliyatning qadriga yetish, uni halol va sodiq xizmat bilan oqlash barchamizning muqaddas burchimizdir", - dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari ular bor bilim va tajribasi, kuch va imkoniyatini ishga solib, mamlakat hayotida, Senat faoliyatida yangi, yorqin sahifa ochishiga ishonch bildirdi.
Tanzila Narbayeva 1957-yilda tug‘ilgan. Hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. U 2019-yilda Oliy majlis Senati raisi lavozimiga saylangan edi (2020 yil yanvar oyida qayta saylangan).