O‘zbekiston delegatsiyasi MDH PAning 57-yalpi majlisida ishtirok etadi

© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh JusubaliyevSammit s glavami stran SNG v Bishkeke
Sammit s glavami stran SNG v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2024
Obuna bo‘lish
MDH Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Sankt-Peterburgda 21-22 noyabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasining (PA) kuzgi sessiyasi tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hamdo‘stlik mamlakatlari parlament delegatsiyalari rahbarlari 21-noyabr kuni MDH PA Kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. Unga MDH PA Kengashi raisi, Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko raislik qiladi.
Shu kunning o‘zida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar:
MDH PA doimiy komissiyalarining iqtisodiyot va moliya, siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik, huquqiy masalalar bo‘yicha majlislari;
Hamdo‘stlik mamlakatlari yosh parlamentariylari MDH Yoshlar Parlamentlararo Assambleyasining MDHda Ko‘ngillilar Harakati yiliga bag‘ishlangan yig‘ilishi va “Zamonaviy jamiyatda ko‘ngillilar harakati” davra suhbati;
“MDHda saylovlarni xalqaro kuzatishning 30-yilligi: tajriba va amaliy natijalar” mavzusida xalqaro konferensiya.
“22 noyabr kuni Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston parlament delegatsiyalari MDH Parlamentlararo assambleyasining 57-yalpi majlisida ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.
Demokratiyani rivojlantirish va MDH davlatlarining davlat suverenitetini himoya qilishda saylov jarayonlarini xalqaro monitoringining o‘rni uning asosiy mavzusi bo‘ladi. Shuningdek, qator ijtimoiy-ekologik hujjatlar, davlat boshqaruvi, fan va ta’lim sohalariga oid qonun loyihalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Lideri SNG posetili dvorsi Pavlovska, Sarskogo Sela i Petergofa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2024
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashish niyatini tasdiqladi
Yangiliklar lentasi
0