Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashish niyatini tasdiqladi
© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishLideri SNG posetili dvorsi Pavlovska, Sarskogo Sela i Petergofa
© Sputnik / Aleksey Danichev
/ Obuna bo‘lish
Putin dekabr oyida MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashish niyatini tasdiqladi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi kelgan 28 nafar elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilish jarayonida dekabr oyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari rahbarlari bilan uchrashish va kelajak uchun qo‘shma rejalarni belgilash niyatini tasdiqladi.
“Albatta, bu yerda Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarbayjon elchilarini ko‘rganimdan xursandman – bu davlatlar Rossiyaning eng yaqin qo‘shnilari, eng yaxshi do‘stlari, tabiiy strategik hamkorlari va ittifoqchilaridir. Biz ularning rahbarlari bilan yaqinda oktabr oyida Moskvada MDH sammitida uchrashgan edik. An’anaga ko‘ra, dekabr oyi oxirida yig‘ilib, yil yakunlarini sarhisob qilamiz, istiqboldagi rejalarimizni belgilaymiz”, — dedi Rossiya rahbari.